У нас есть только
оригинальные песни

Ishda qattiq charchaganingizda, qanday qilib bir lahzada quvvat olish mumkin?

calendar 24.10.2017
1444

Biz siz uchun ish kunini unumli davom ettirishga yordam beruvchi bir necha maslahatlar to‘pladik.

“Qomatingni to‘g‘ri tut!”

Bunday tanbehni maktab yillari ko‘pchiligimiz albatta eshitganmiz. Ma’lum bo‘lishicha, bu maslahatning foydalilikdan ham muhimroq tomoni bor ekan. To‘g‘ri umurtqa — bu nafaqat bo‘yin va orqadagi og‘riqlarning oldini olish usuli hisoblanadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, to‘ppa-to‘g‘ri tik holat bosh miyaning faolligi va kirib keluvchi energiya miqdori bilan bog‘liq ekanligi aniqlandi. Bioqarama-qarshilik deb ataluvchi o‘zaro ta’sir ishga tushadi. Bundan tashqari, qomatning tikligi stressga bo‘lgan chidamlilikni oshiradi.

“Kimda saqich bor?”

Saqichning bilim darajasiga ijobiy ta’sir qilishini isbotlaydigan bir nechta ilmiy tajribalar mavjud.

Ularning ba’zilari bu diqqat-e’tiborni oshirishi mumkinligini tasdiqlaydi — yuz mushaklarining faol harakati miyaga yetib boradigan qonning yaxshi harakatlanishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, saqich “stress gormoni” kortizol miqdorini kamaytirishi haqida ham ba’zi mulohazalar mavjud.

Bu usulni suiiste’mol qilmaslik muhim — saqich chaynashdan 20 daqiqadan keyin biz ko‘proq energiya sarflay boshlaymiz, bu esa teskari natijaga olib keladi.

“Dars jadvalini tekshir”

Ko‘p hollarda ish kunining yarmida paydo bo‘ladigan charchoqlik hissi yashirin stressning oqibati hisoblanadi.

Aynan shuning uchun hayotimizning hissiy va jismoniy jihatdan qulayroq bo‘lishiga yordam beruvchi unchalik katta bo‘lmagan mashqlar bajarish juda muhim.

Kun davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamma ishlarni  ro‘yxat qiling. Ideal hayotda buni ertalab qilish kerak, lekin bizga ma’lumki kun davomida rejalar jadal sur’atlarda o‘zgarib turadi. Shuning uchun qolgan ish vaqti uchun ro‘yxat tuzish foydali bo‘ladi.

Яндекс.Метрика