У нас есть только
оригинальные песни

Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli

calendar 19.10.2017
938

Agar tanaffusdan keyin ham o‘zingizni horg‘in, g‘amgin va foydasiz his qilayotgan bo‘lsangiz, demak siz noto‘g‘ri dam olgansiz. Tanaffuslar sizga foyda keltirishi uchun quyidagi maslahatlardan foydalaning.

Har 52 daqiqada tanaffus qiling

Biz ko‘pincha unumdorlikni pasaytiruvchi odatlarimiz bilan kurashishga majbur bo‘lamiz. Masalan, ish bilan shug‘ullanishning o‘rniga ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish istagi bilan. Buning uchun kun bo‘yi diqqat-e’tiborli bo‘lish va iroda kuchini chiniqtirish kerak. Ish samarali bo‘lishi uchun esa yaxshi dam olish zarur.

DeskTime internet-xizmati tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, eng mahsuldor xodimlar o‘z ish vaqtlarini quyidagi tarzda taqsimlashar ekan: 52 daqiqa diqqat bilan ishlash va 17 daqiqa dam olish.

Mazkur usulning samaradorligi bir necha sabablar bilan izohlanadi:

  • Yaqinda tanaffus bo‘lishini bilganingiz uchun ko‘proq diqqat bilan va aniq maqsadni ko‘zlab ishlaysiz.
  • Agar siz tirishqoqlik bilan 52 daqiqadan uzoqroq ishlasangiz, unda bu ish qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi.
  • Bir kunda sakkiz soat bir joyda o‘tirib ishlash salomatlik uchun zararli. Ish kuni davomida muntazam ravishdagi jismoniy faollik salomatlikka ham, diqqatni jamlash qobiliyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Diqqatingizni boshqa tomonga yo‘naltiring

Uzluksiz ravishda muammolarning yechimi ustida bosh qotirishning o‘rniga vaqti-vaqti bilan bu fikrlardan chalg‘ib turish ham kerak.

Diqqatingizni boshqa biron nimaga yo‘naltiring.

Bunday tanaffus vaqtida ish haqida to‘liq unutish uchun iloji boricha bir necha vazifalarni bajarish kerak. Shundan keyin siz yangicha kuch-g‘ayrat bilan muammolarni hal qilishga kirishasiz.

Toza havoga chiqing

Ko‘pchilik butun kunni ofisda o‘tkazishadi. Lekin hatto bir kunda ofisdan tashqarida o‘tkazilgan bir necha daqiqa ham kayfiyatga va ish qobiliyatiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin.

Tadqiqotlar tabiat qo‘ynida bo‘lish qattiq charchash bilan kurashishga yordam berishi mumkinligini isbotladi. Quyosh va toza havoning ta’siri unumdorlikni oshiradi va uyquning sifatini yaxshilaydi.

Agar siz tanaffus paytlarida sayr qilishga imkoningiz bo‘lmasa atrofingizga o‘simliklar ekilgan tuvaklar qo‘ying.

Miya uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling

Oziq-ovqatlar organizmni miya uchun yoqilg‘i hisoblanuvchi glyukoza bilan ta’minlaydi. Glyukozaning qondagi o‘rtacha miqdori — 25 g. Agar bu miqdor kamaygan bo‘lmasa, miya odatdagi tartibda ishlaydi.

Olimlar qondagi glyukoza miqdorini oqsilli oziq-ovqatlar ham tez ko‘tarishga qodir ekanligini aniqladilar. Protein organizmimiz uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek bu to‘yimli modda bilish qobiliyatini oshiradi va bu yuqori darajani uzoq muddatgacha saqlab turadi.

Ko‘z uchun mashq bajaring

Ko‘zlar katta og‘irlikni boshidan kechiradi. Ko‘pchilik bir kunda 6-9 soat vaqtlarini kompyuter qarshisida o‘tkazadilar, ko‘zlar esa bunday ishdan bir-ikki soatda charchab qoladi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan tanaffus qilish va ko‘zni ekrandan uzib turish juda muhim.

Har 20 daqiqada 20 soniya davomida o‘zingizdan taxminan 6 metr naridagi biror narsaga qarang. Bu oddiy mashq sizga ko‘rish qobiliyatingizni asrashga yordam beradi.

Яндекс.Метрика