У нас есть только
оригинальные песни

IShID jangarilariga televizor ko'rish taqiqlandi

calendar 18.12.2015
2151

IShID tashkiloti rahbariyati o'z jangarilariga televizor ko'rishni taqiqlab qo'ydi. Bu haqda Al Bawaba portali xabar qilgan.

Bu orqali jangarilarning xorijiy telekanallar orqali IShIDning faoliyati tanqidiy tarzda muhokama qilinayotganidan xabardor bo'lishlarining oldini olish maqsad qilingan. Bundan tashqari, IShID a'zolariga televizor sotish hamda sotib olish, shuningdek televizorni ta'mirlash man qilingan.

Ushbu ko'rsatmalar ijrosini ta'minlash dala qo'mondonlari zimmasiga yuklatilgan. Ular uylarni tekshirish, qoidalar bajarilmagani uchragan taqdirda tegishli choralar ko'rishlari kerak bo'ladi.

Al Bawaba xabariga ko'ra, IShID G'arb brendlariga jiddiy urush ochgan. Nashrning eslatishicha IShID o'z a'zolariga amerikaliklarning Nike kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kiyimlarni kiymaslikni buyurgan. Shuningdek, jangarilar "inlizcha yozuvlar tushirilgan liboslar"dan foydalanmasligi ko'rsatma qilingan.

Яндекс.Метрика