У нас есть только
оригинальные песни

IShID Suriyaning qancha hududini nazoratda ushlab turgani aytildi

calendar 24.10.2017
1166

IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriya hududining 5 foizini nazorat ostida ushlab turibdi, deya ma`lum qildi Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«IShID bugungi kunda 5 foizdan kamroq hududni qo'lida saqlab turibdi, Rossiya havo-kosmik kuchlari amaliyoti boshlanishidan avval esa IShID Suriyaning 70 foiz hududi ustidan nazoratga ega edi», - dedi Shoygu.

Uning ta`kidlashicha, Rossiya aviatsiyasi ikki yil ichida 948 ta mashg'ulot lageri, 666 ta qurol-aslahatlar ishlab chiqarish bo'yicha zavod va ustaxona, shuningdek, jangarilarning 1,5 mingta harbiy texnikasini yo'q qilgan.

Яндекс.Метрика