У нас есть только
оригинальные песни

IShID yetakchisi tarafdorlariga vidolashuv nutqi bilan murojaat qildi

calendar 01.03.2017
1839

IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘z chiqishida guruhning yaqinda bo‘lib o‘tgan janglardagi mag‘lubiyatini tan oldi. Bu haqda Naynava viloyatidagi manbaga tayanib, Alsumaria telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Al-Bag‘dodiy chiqishini vidolashuv nutqi deb atadi, uni IShID targ‘ibotchilari orasida tarqatdi va guruhga nima bo‘layotganini izohladi. Targ‘ibotchilar guruh Naynava viloyati va Iroqning boshqa qismlarida uchrayotgan mag‘lubiyatlar haqida gapirishni boshladi”, — deya ta’kidlagan manba. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq g‘arbiy Mosuldagi IShID yetakchilari shahardan qochib, jon saqlayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Яндекс.Метрика