У нас есть только
оригинальные песни

IShID yetakchisi topilgani va qurshab olingani ma`lum qilindi

calendar 07.02.2017
2858

IShID terrorchilik tashkiloti yetakchisi Abu Bakr al-Bag'dodiyning joylashgan o'rni aniqlandi, deb ma`lum qilgan Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy France24 telekanaliga.

"U yakkalangan va harakatlanishi cheklangan", deb ma`lum qilgan telekanal al-Obodiyga iqtibos keltirgan holda tvitterda. Iroq bosh vaziri bilan suhbatning boshqa tafsilotlari keltirilmagan. 

Dekabr o'rtalarida Iroq maxsus kuchlari qo'mondoni Fozil Barvariy al-Bag'dodiy Mo'suldagi yer osti bunkerida yashirinayotganini ma`lum qilgandi.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti al-Bag'dodiy haqidagi ma`lumot uchun mukofot pulini 25 mln dollargacha oshirgandi.

Asl ismi Ibrohim Avad Ibrohim al-Badriy bo'lgan al-Bag'dodiy birinchi marta ommaviy ravishda 2014 yil iyulda Mo'suldagi masjidda ko'rinish bergan. O'shandan keyin OAVda uning yo'q qilingani haqida bir necha xabarlar paydo bo'lgan, biroq bu xabarlar tasdig'ini topmagan.

Яндекс.Метрика