У нас есть только
оригинальные песни

Ishlab chiqaruvchi tashkilotlar uchun tabiiy gaz to'lovlari keskin ko'tarildi

calendar 03.01.2018
1192

O'zbekistonda 2018 yil 1 yanvardan tadbirkorlar foydalanilgan tabiiy gaz uchun to'lovlarni yangi tartibdagi tariflarda amalga oshirishadi. Bu hada «O'ztransgaz» AJ saytida ma`lum qilingan.

«O'ztransgaz» Aktsiyadorlik jamiyati shuni ma`lum qiladiki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berish va realizatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 1025-sonli qaroriga muvofiq iste`molchilarning ayrim toifalariga 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab tabiiy gaz uchun oshirilgan tariflar belgilandi», deyilgan xabarda.

Endilikda, pishirilgan g'isht, asfalt, sement ishlab chiqaruvchi, gips va ohaktosh qazib olib, qayta ishlovchi, beton va temir-beton ishlab chiqaruvchi korxonalar, issiqxona va issiqxona-parnik xo'jaliklari, chinni va fayansdan buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, gips-karton, yo'lakbosh va keramika plitalari, bruschatkalar, keramik va sement-qum cherepitsalar, quruq qurilish aralashmalari, shuningdek, quvur buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, muayyan xizmatlar ko'rsatuvchi restoranlar, kafelar va boshqa umumiy ovqatlanish ob`yektlari (mehmonxonalar va ularga tegishli bo'lgan ob`yektlar bundan mustasno)ga tabiiy gaz to'lovi 1 kub.m uchun 1000 so'm etib belgilandi. 

Ma`lumot uchun, bungacha, 2017 yilning 15 iyulidan e`tiboran iste`molchi tashkilotlar uchun 1 kub.m tabiiy gaz narxi 263,4 so'm edi. Shu tariqa, narxlar tabiiy gaz uchun qariyb 4 baravar oshmoqda.

Endilikda, ro'yxatda sanab o'tilgan ishlab chiqaruvchilar xarajatlar oshishiga mos ravishda mahsulotlar narxini ham keskin ko'tarishini kutish mumkin. 

Hozircha aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gaz tariflari oshirilgani haqida ma`lum emas. Oxirgi marta, o'tgan yilning yozida aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagich bo'lgan holda 246,1 so'mdan 263,4 so'mga oshgandi.

Shuningdek, bugundan O'zbekistonda elektr uchun to'lovlarning yangicha tariflari joriy etilishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика