Ishlarni orqaga surish odatidan qanday voz kechish mumkin?

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma`lumotlariga ko'ra, odamlarning 50 foizdan ko'pi - surunkali prokrastinator. Ular loyihalarni topshirish vaqtini kechiktirishadi, zarur hisob-kitoblarni vaqtida amalga oshirishmaydi va ish vaqtida ijtimoiy tarmoqlar bo'ylab "kezishadi". Ishingiz ko'p bo'lsa-yu, hech unga kirisha olmayotgan bo'lsangiz, nima qilish kerak? "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy"da shunga doir ma`lumotlar berildi.

Prokrastinatsiya nima?

Prokrastinatsiya - insonning muhim ishlarni rad etib, mayda ishlar bilan shug'ullanish yoki ko'ngilochar mashg'ulotlarga berilish holati. U bir vaqtning o'zida ishning muhimligi va shoshilinchligini yaxshi anglaydi. Prokrastinatsiya shu jihati bilan dangasalikdan ajralib turadi: biror ishni bajarishga eringan inson buni tushunib tursa-da, xavotir ham olmaydi. U shunchaki ishni chetlab o'tishga urinadi. Prokrastinator esa o'zini oqlash uchun bahona izlaydi va vijdoni oldida qiynaladi.

Bu holat 96 foiz odamlarga tanish va umuman normal holat hisoblanadi. Prokrastinatsiya faqat ishda yoqimsiz vaziyatlar va atrofdagilarning noroziligini keltirib chiqargandagina muammoga aylanadi.

Nima uchun prokrastinatsiyaga duch kelamiz?

Bu holatni izohlash mumkin bo'lgan ko'p nazariyalar bor. Ularning eng mashhuri hissiyotlar uchun miyaning bir uchastkasi, rejalashtirish va e`tibor uchun esa - boshqasi javob berishi to'g'risidagi nazariyadir. Shu bois ko'ngil yozish istagi va foydali ish qilish zarurati o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Agar huzur-xalovat markazi g'olib bo'lsa, prokrastinator ishni keyinga qoldiradi va o'ziga yoqqan biror boshqa mashg'ulot bilan shug'ullanadi.

Unga qarshi qanday kurashish mumkin?

Tajribali prokrastinator va WaitButWhy.com sayti asoschisi Tim Urban TED anjumanida prokrastinatsiyaga qarshi kurashga doir qo'llanmalar ish bermasligini aytdi. Ularni axir aqlli, teran fikrlovchi kishilar yozadi-ku - aks holda ular bunday hajmdagi matn va tadqiqotlarni uddalay olishmas edi. Shunday bo'lsa-da, vaziyatdan chiqish yo'lini izlash kerak, bo'lmasa, prokrastinatsiya butun hayotingizni "yeb bitiradi".

Olimlarning prokrastinatsiyaga oid asosiy maslahatlarini e`tiboringizga havola qilamiz - agar ularning hech biri sizga yordam bermasa, psixoanalitikka uchrashish vaqti kelgan bo'ladi. Sizning prokrastinatsiyaga moyilligingiz qandaydir chuqur psixologik muammoning asorati bo'lishi mumkin.

1. Ro'yxat tuzing

Ishlaringizni kichik va oddiy punktlarga ajrating. Masalan, diplom yozishingiz kerak. Taxminan quyidagicha ro'yxat tuzing:

  1. Mavzuni shakllantirish;
  2. Jihozlashga talablarni aniqlash;
  3. Kompyuterni yoqib, hujjatni yaratish;
  4. Muqovasini tayyorlash;

Shu tariqa katta va juda og'irdek tuyulgan ish bir necha mayda va oddiy ishlarga aylanadi.

2. Ijtimoiy tarmoqqa kirishni bloklang

Ijtimoiy tarmoqlar - eng kuchli chalg'ituvchi omil. Qurilmangizga ijtimoiy tarmoqlarga kirishni vaqtinchalik bloklovchi ilovani yuklab oling va telefondagi barcha xabar manbalarini o'chirib qo'ying.

3. Realist bo'ling

Oldingizga haddan tashqari murakkab vazifa qo'ymang: kirishmoqchi bo'lgan ishingiz qancha murakkab  bo'lsa, uni boshlash shuncha qiyin bo'ladi. Oxir-oqibat siz uni keyinga ko'chirasiz va kuni bo'yi ijtimoiy tarmoqlarni sahifalab o'tiraverasiz.

4. Biror ish bilan shug'ullaning

Siz katta va zerikarli ma`ruza yozishingiz kerak, biroq buning o'rniga sport zaliga bordingiz, xarid qildingiz va onangizga qo'ng'iroq qildingiz. Bu yaxshi. Har holda, kuningiz zoye ketmadi.

5. O'zingizga yoqadigan ish bilan shug'ullaning

Ehtimol, gap prokrastinatsiyada emasdir? Balki shunchaki qilayotgan ishingiz o'zingizga yoqmas. Yoki ich-ichingizdan bu ishning sizga foyda keltirmasligini tushunib turgandirsiz. Ko'p maosh to'laydigan emas, o'zingiz orzu qilgan joyda ishlasangiz, prokrastinatsiya belgilari namoyon bo'larmidi?

6. Bahs boylang

Ba`zan shunday bo'ladiki, odamlar ma`lum bir ishni bajarmasalar ham, hech nima bo'lmasligini bilganliklari uchun uni keyinga surishadi. Shunday qilingki, u ish bajarilishi kerak bo'lsin: masalan, bahs boylang.


Комментарии (0) | Добавить: 22.08.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi