У нас есть только
оригинальные песни

Ishlaydigan iPhone 7’ning birinchi videosi paydo bo‘ldi (video)

calendar 06.08.2016
1611

GeekBar insayderlari muhandislik menyusiga ega ishlaydigan iPhone 7’ni videoga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Yangi video insayderlar tomonidan bungacha ma’lum qilingan tafsilotlarning ko‘p qismini tasdiqladi. Antennalar ustidagi plastik qismlar iPhone 7’da qirralar yaqiniga joylashtirildi, 3,5 millimetrlik teshik (razyom) o‘rnini ikkinchi dinamik egalladi, naushniklarni esa endi Lightning yoki Bluetooth orqali ulashga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, iPhone 7 kameralari iPhone 6s’nikidan kattaroq bo‘ldi.

Яндекс.Метрика