У нас есть только
оригинальные песни

Ishlaydigan onaning 4 afzalligi

calendar 12.08.2017
987

Tobora ko‘proq ayollar bolalarni tarbiyalash va karyera qurishni birgalikda olib bormoqda. Maqolada ona o‘z qimmatli vaqtining katta qismini ishda o‘tkazishi bilan bog‘liq vaziyatning afzalliklarini sanab o‘tamiz.

Ishlaydigan onaning bolalari mustaqil bo‘lib o‘sadi

Qiyin lahzalarda onasi doim ham yonida bo‘lmagan bola mustaqil ravishda o‘ylashni va qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. Shu bilan birga, o‘z qarorlari uchun aynan u javob berishini, shu sababli o‘z xatolarida boshqalarni ayblab bo‘lmasligini ham tushunish muhim.

Ishlaydigan onaning farzandlari o‘z fikrlari va maqsadlarini aniq qilib ifodalay oladi

Ba’zan kishi muayyan yondashuvlar va odatlarni nafaqat ishda, balki farzandlar bilan muloqotda ham qo‘llay boshlaydi. Masalan, nimani istashini va qanday maqsadda kelganini bilmaydigan odamga dastlab niyati va yakuniy maqsadini aniq qilib ifodalashni taklif qilasiz. Bunday amaliyot bolalarda ham qo‘l keladi. Natijada bolalar o‘z fikrlarini va o‘z ehtiyojlarini aniqroq ifodalashni o‘rganadi. Muammoni ifodalagandan keyin, uning yechimini topish ham osonlashadi.

Muloqot uchun vaqt kam bo‘lsa, uni ko‘proq qadrlay boshlaysiz

Ona doimiy ravishda uyda bo‘lsa, u bolasi bilan o‘tkazgan har bir soatni qadrlamay qo‘yadi — bu normal va mutlaqo tabiiy holat. Bolada ham xuddi shunday vaziyat yuzaga keladi.

Vaqt doimiy ravishda yetishmagan paytda esa lahzalarning qadrini seza boshlaysiz. Ishlaydigan onalar farzandlari bilan o‘zlari istagan darajada ko‘p vaqtni o‘tkaza olmasa-da, buni sifatli tarzda va bor imkoniyatlarini ishga solgan holda amalga oshiradi.

Ishlaydigan ona — bola uchun yaxshi namuna

Bolalarga hamisha namuna va o‘rnak olish uchun “model” kerak. Bunday namuna va g‘urur obyekti o‘z onasi bo‘lsa, qanday yaxshi! Bola ko‘radiki, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p mehnat qilish kerak va aynan ish oilaga yashash va qulay hayot kechirish imkonini beradi. Bu bolada shaxsiyatni shakllantirish va uni tarbiyalashning juda muhim bo‘lagidir. Buning ustiga farzandingiz sizga faxrlanib qarayotgani va sizga o‘xshashni istayotganini his qilish doim ham yoqimli.

Яндекс.Метрика