У нас есть только
оригинальные песни

Islom Karimov asarlari “Kitob olami”da 2016-yili eng ko‘p sotilgan ijtimoiy-siyosiy kitoblar bo‘ldi

calendar 14.01.2017
2693

“Kitob olami” savdo majmuasi 2016-yili eng ko‘p sotilgan kitoblarning janrlar bo‘yicha reytingini tuzib chiqdi. Reyting haqida ma’lumotlarni “Daryo”ga savdo majmuasi vakillari taqdim etdi.

Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar:

I. A. Karimov, “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”.

I. A. Karimov, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish — eng oliy saodatdir”.

I. A. Karimov, “Ozodlik havosidan to‘yib nafas olgan xalq o‘z yo‘lidan hech qachon qaytmaydi”.

I. A. Karimov, “Hayot sinovlarida toblangan Qashqadaryo eli har qanday yuksak marrani egallashga qodir”.

S. Otamurodov, “Globallashuv va milliy-ma’naviy xavfsizlik”.

N. To‘xliyev, “Osiyo taraqqiyot modeli”.

A. Yunusov, “O‘zbekiston tinchlikni yoqlaydi”.

Ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar:

Tohir Malik asarlari (“Mehmon tuyg‘ular”, “Odamiylik mulki”).

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Ruhiy tarbiya”.

Kaykovus, “Qobusnoma”.

“Oila ensiklopediyasi”.

O. Mahmudov, “Farzandnoma”.

Yo. Abdullayev, “Osuda yashashning 99 siri”.

“111 vatandosh allomalarimiz”.

Badiiy-adabiy adabiyotlar:

O‘. Hoshimov, “Ikki eshik orasi”.

M. Brion, “Menkim, Sohibqiron jahongir Temur”.

Ch. Aytmatov, “Asrni qaritgan kun”.

E. Vohidov, “Devon”.

P. Koelyo. “Alkimyogar”.

A. Nurmurodov, “Qonli yo‘rgaklar”.

F. S. Fitsjerald, “Buyuk Getsbi”.

Bolalar adabiyoti:

X. To‘xtaboyev, “Sariq devni minib”.

J. Svift, “Gulliverning sayohatlari”.

G‘. G‘ulom, “Shum bola”.

A. Qahhor, “Anor”.

“Oila davrasida o‘qish uchun ertaklar”.

“Tohir va Zuhra” (O‘zbek xalq ertaklari xazinasi).

Yu. Olesha, “Uch baqaloq”.
Яндекс.Метрика