Jizzaxlik bir guruh ijodkorlar tomonidan O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning yorqin xotirasiga bag'ishlangan «Ishonch» deb nomlangan badiiy filmni suratga olish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Sangzor nashri xabar bermoqda.
Ushbu film “O'zbekkino” milliy agentligi Jizzax viloyati hududiy bo'limi rahbarligida suratga olinadi. Filmning g'oya muallifi Ravshanbek Yo'ldoshev, ssenariy muallifi Xanifa Yo'ldosheva.
“O'zbekistonni ko'p yillar boshqargan bu insonni xotirlash, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarni kelajak avlodga badiiy kino orqali yetkazish bugun eng dolzarb vazifalardan sanaladi”, - deydi g'oya muallifi R.Yo'ldoshev.
Ayni paytda mazkur film g'oyasi O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi davlat unitar korxonasining №000376 sonli mulliflik huquqi guvohnomasiga ega.
Film rejissyori va aktyorlar haqida batafsil ma`lumot berilmagan.