loading...

 

Islom Karimov Namangan viloyati hokimining almashtirilishi sababini aytdi

26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so'zladi. Prezidentning nutqi UzA saytida joylashtirilgan.

Bu sessiyada tashkiliy masala ko'rildi va Bahodir Yusupov Namangan viloyati hokimi vazifasidan ozod qilindi.

"Hammamiz yaxshi tushunamiz, dedi davlatimiz rahbari, bugungi kunda Namangan ahli oldida turgan ulkan vazifalarni bajarishda ko'p narsa viloyat boshqaruvida rahbarlik vazifasida o'tirgan shaxslarga, eng avvalo, ishni to'g'ri tashkil etib, el-yurtni katta maqsadlar sari o'z ortidan ergashtira oladigan birinchi rahbarning mas'uliyatiga bog'liq. Ana shu nuqtai nazardan qarab, viloyat hokimi Bahodir Yusupovning faoliyatiga baho beradigan bo'lsak, afsuski, oxirgi paytlarda uning ishida o'zibo'larchilik, beparvolik va loqaydlik, sustkashlik kayfiyati kuchayib borayotganini ko'rish mumkin.

Ma'lumki, B.Yusupov 7 yil davomida viloyatda birinchi rahbar bo'lib ishladi. Namangandek katta bir viloyatga etakchi bo'lish mas'uliyatini o'z zimmasiga olgan bu shaxsning avvalambor keng miqyosda fikrlashga, aholining tashvish va muammolari, dardi bilan yashashga, eng muhimi, viloyatda turli soha va tarmoqlarni boshqaradigan, o'zining qo'l ostida ishlaydigan rahbar va mutaxassislarni yagona bir maqsad uchun birlashtirishga qurbi etmadi", deydi Islom Karimov.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tavsiyasiga ko'ra, viloyatning Mingbuloq tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Xayrullo Bozorov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlangani haqida xabar berilgandi.


Комментарии (2) | Добавить: 27.11.2015

2. DaDoooW (29.11.2015 00:00)
yangi xokim yangilila b.n kesa kereda
1. _Yagona_ (28.11.2015 07:19)
Ha balki 6zgargani yaxwidir hokimimizni
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Skype’ning "yengillashtirilgan" versiyasi taqdim etildi
Xorazmda GM Uzbekistan xodimlari hibsga olindi
Instagram 10ta suratni 1ta postda chiqarish imkonini yaratdi
Urganch-Xiva temir yo'li qachondan ishga tushirilishi ma`lum bo'ldi
Toshkent shahrida pensionerlarga bir oyda jami qancha naqd pul to‘lanadi? Javob — bitta rasmda
O'zbekistonda spays narkotik moddaga tenglashtiriladi
O'zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi
O'zbekistonda yangi sud: u yerga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ustidan shikoyat qilish mumkin
Islom Karimov haqida badiiy film suratga olinadi
Chor Minor - Chor minor chor atrofi suv minor
Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do'sti ko'p?
Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotuvga chiqaradi
Haqiqiy iPhone’ni qalbakisidan qanday ajratish mumkin?
Qalovini topsang qor ham yonar: Toshkentdagi do'konlar 1 martgacha 6 mingta terminal bilan jihozlanadigan bo'ldi
Sog'liqni saqlash vaziri vazifasidan ozod etildi
Google haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar
10 ming so'mlik banknotda Islom Karimov surati bo'ladi
“Odnoklassniki” messenjyeri milliondan ortiq mobil qurilmaga o'rnatildi
Rayhon 2017-yilgi konsert dasturiga FotoNigoh!
Namanganda ishsiz fuqaroning Damas mashinasi olib qochildi
Lindsi Lohan ro'mol sabab Hitrou aeroportida qo'shimcha tekshiruvdan o'tkazildi
Bryusselda AQShga yana bir shtatni qo'shib qo'yishdi
AQSh siyosatiga nima bo'ldi?
“Maydon” qonli kechasiga 3 yil to'ldi