Islom Karimov oilasi: Prezident o'zi so'z ochmagan mavzu

Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimiz hayotida tutgan o'rni juda ulkan. O'tish davrining qiyinchiliklari, o'zligini topayotgan davlat mafkurasini yaratish, tinchligini saqlash va millatlararo totuvlikni ta`minlash kabi muhim vazifalar bu insonning yelkasiga yuk bo'lib tushgani, umrining oxiriga qadar bu ishlarni sharaf bilan uddalab o'tganini tan olishimiz kerak.

Ammo ota tirikligida sir saqlangan yoki ko'z yumib turilgan «sir»lar shitob bilan ochila boshladiki, yurtimizning aksariyat fuqarosi bu yangiliklardan hayratda qolmoqda. Keling, ko'rgan-bilganlarimiz asosida Islom Karimovning vorislari bo'lgan farzandlarining bugungi hayotiga nazar tashlaymiz.

Lola Karimova

Avvalo, eng og'ir kunlarda, butun xalq motamga cho'mgan damlarda otasini so'nggi yo'lga kuzatgan, onasiga suyanchiq bo'lgan Lola Karimova-Tillayevadan boshlasak. Unga har jihatdan og'ir mas`uliyat tushgandi. Chunki farzandlarning rasmiy va norasmiy yetakchisi bo'lgan Gulnora Karimova bu paytda katta sahnadan chetlashgan, o'g'il farzand bo'lgan (va keyinchalik rasman e`lon qilingan) Pyotr Karimovning shu paytga qadar ham biror joyda bo'y ko'rsatmagani bois bunday muhim pallada maydonga chiqishiga ham ishonish qiyin edi.

Shunday ekan, motam marosimlarida va keyinchalik ham otasini tamsil etish va oila nomidan ish yuritish masalasi farzandlar ichidan faqat Lola Islomovnaga yuklanib qoldi. Bu jarayon keyinchalik ham davom etdi hamda Islom Karimov fondini ishga tushirish, muzeylarini yaratish, umuman birinchi prezident xotirasini abadiylashtirish bo'yicha Lola Karimova-Tillayeva ko'p ishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Uning oxirgi yangiligi, ijtimoiy tarmoqlarda o'zi qoldirgan xabari ko'pchiligimizni hayron qoldirgani, diqqatimizni jalb qilgani ham rost. Unda Lola Islomovna AQShni, xususan Nyu-Yorkni maqtarkan, so'z erkinligini his qilganini hamda farzandlari ham shu ne`matdan bahra olib ulg'ayishini istashini ta`kidlab o'tgan. Albatta, so'z erkinligi demokratik jamiyat qurishda, davlat taraqqiyotida muhim rol o'ynaydi.

Pyotr Karimov

Islom Karimovning o'g'li Pyotr Karimov haqida rasman e`lon qilingani haqidagi xabar ham yashindek chaqnadi. Albatta, Birinchi prezidentimizning o'g'li borligi ham ayrimlar uchun yangilik emasdi. Shunchaki, prezident hayotligida bu masala umuman ko'tarilmagan va yopiq mavzular qatorida edi. Bunga ikkita sababni ko'rish mumkin: birinchidan, prezident o'zi so'z ochmagan mavzuni muhokama qilish odatlarimizga zid bo'lsa, ikkinchidan, sharqona odobimizga ko'ra boshqa oilani, ayniqsa davlat rahbarining shaxsiy hayotini aniq ma`lumotga ega bo'lmasdan turib munozaraga qo'yish to'g'ri kelmasdi.

Ammo Pyotr Karimov haqidagi uzuq-yuluq xabarlar bolalab turardi. Xususan, uning vaqti-vaqti bilan otasining hurmati uchun yaxshigina imtiyozlar asosida poytaxt shifoxonalarida davolanib turgani, iqtisod sohasidagi faoliyati haqida eshitganmiz. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda uning keyinchalik otasi qabrini ziyorat qilib ketgani to'g'risida ham yozildi. Albatta, bu xabarlarni aniq asosga ega deb bo'lmaydi. Chunki yopiq mavzu bo'lgani bois tasdiqlash qiyin, ammo endi ochilgan ekan, asosli yangiliklardan ham boxabar bo'lib qolsak ajab emas.

Bir narsani alohida ta`kidlash kerak: Islom Karimovning o'g'li borligi to'g'risidagi xabarni olamshumul yangilik sifatida qabul qilish, bundan salbiy jihatlarni izlash, uning nimanidir sir saqlaganini noto'g'ri talqin qilish aslo durust emas.

Avvalo, bu Birinchi prezidentimizning shaxsiy hayoti. Oila nimadir sabablarga ko'ra ajralishi mumkin. O'g'li bilan uzilishib ketgan, degan gaplarga ham ishonishga asosimiz yo'q. Chunki marhum prezidentimiz nafaqat oldingi oilasi, balki qizlari to'g'risida ham ko'p gapirmagan. U insonning omma oldidagi hamma chiqishlari faqat davlat, xalq to'g'risida bo'lganini, shaxsiy masalalarni umuman tilga olmaganini hammamiz yaxshi bilamiz.

Uchinchi va asosiy nuqtaga yetib keldik. Gulnora Karimova...

Bu ism-sharif davlat ijtimoiy hayotida shunchalik ko'p ishlatilgani bois ko'pchiligimiz uni qisqagina qilib «Opa» deyishga o'rganib qolgandik. Keling, bugungi maqolada ham shu qisqartmadan ozroq foydalanib turaylik.

Opaning biznes, xayriya, madaniyat va san`at kabi sohalardagi loyihalari ko'lami juda keng edi va hatto butun respublikani qamrab olgandi, desak adashmaymiz. Bu loyihalarda poytaxtning va hududlarning eng ko'zga ko'ringan insonlari ishtirok etishar, har biriga alohida tayyorgarlik ko'rilardi. Ba`zan bunday tadbirlar aks-sadosi sarhadlarimizdan oshib, xorijda ham yangrar, dunyoning manaman degan mashhurlari ham Gugushaga o'z xayrixohliklarini namoyon etardilar. Yillar davomida opamiz diqqat markazida bo'ldi va bir kunda, bir onda yo'qolib qoldi. Bunday keskin burilishga, hammasiga bir lahzada nuqta qo'yishga faqat bir inson qodir edi. Islom Karimov prinsipidan voz kechmadi, qat`iyati yo'lida qizini ham ayamadi. Yaxshiki u bu ishlarni hayotligida amalga oshirishga ulgurdi. Aks holda, Gulnora Karimovaning milliardlari masalasi birinchi prezident vafot etganidan keyin ko'tarilsa va opa shundan so'ng hibs etilsa, rahbariyat almashinuvidan keyingina bunga qo'l urilgani uchun malomat qilguvchilar istagancha topilardi. Endi hammasi iz-iziga tushishi, adolat qaror topishi kerak. Masalaning muhim jihati, balki birinchi prezidentimizning o'zi Gulnora Karimovaga nisbatan bu qarorga kelmaganida, hozir javobgarlikka tortish masalasi ko'tarilmasligi ham mumkin edi. Chunki, Islom Karimov faoliyatini e`tirof etish, xotirasini abadiylashtirish jarayoni ketayotgan bir paytda bu aqlga sig'masdi.

Nima bo'lganda ham Gulnora Karimova bugun qonun oldida javob berishi shart va shunday bo'lmoqda ham.

Birinchi prezidentimizning barcha farzandlari o'z hayot yo'liga ega. Ularning qaysi biridir qilgan nojo'ya harakatlari bilan otalarining xalqimiz ongida chuqur o'rnashgan nufuziga aks ta`sir ko'rsata olmaydi. Aksincha, ularning har uchalasi ezgu maqsadlari va sa`y-harakatlari ila nafaqat o'zlarining, balki butun millatning otasiga aylanib ulgurgan insonning nomi uchun naf keltirishlari mumkin. Buning uchun hali imkoniyatlar ko'p.

Abror Zohidov.

Ma`lumot uchun, Gulnora Karimovaning Islom ismli o'g'li va Imon ismli qizi, Lola Karimova-Tillayevaning esa Maryam va Safiya ismli qizlari va Umar ismli o'g'li bor. Shuningdek, Pyotr Karimovning bir nafar farzandi bor.


Комментарии (0) | Добавить: 31.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Samsung, Apple va Huawei: kim o‘z smartfonlariga eng ko‘p ustama narx qo‘yadi?
Odam boshini ko‘chirib o‘tkazgan jarrohni yolg‘on gapirganlikda ayblashdi
Och qoringa qahva ichishning zararlari aniqlandi
«O'zbekenergo» AJ qish mavsumida aholiga energiya yetkazib berishni qanday rejalashtirmoqda?
Anhor bo‘yi va Chilonzorda daraxtlar yoppasiga kesib tashlanmoqda
Xitoyda “mo'`jizaviy qurol” namoyish qilindi
Shavkat Mirziyoyev Koreyada kutib olindi
O'zbekistonda mudofaaga oid yangi davlat qo'mitasi tashkil etildi
Toshkentda dam olish kunlari qor yog'ishi mumkin
Rossiya aholisi kamaymoqda: hamma umid muhojirlardan
Eng ko'p haq oluvchi ayol qo'shiqchi ma`lum qilindi
Putin Asad bilan uchrashdi
Toshkentdan chiqish yo'llari to'silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda
Suhbat. Filippindagi o'zbekistonlik menejyerning muvaffaqiyat siri
Muvaffaqiyatli rahbarlar ish kunini qanday o'tkazishadi?
Jyeyms Bond rolini yangi filmda kim ijro etishi ma`lum bo'ldi
Xalqaro Jinoyat Sudi Amerika razvedkasining Afg'onistondagi qora qilmishlarini fosh etadi
1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»
Paxtaga chiqmagani uchun ishdan haydalgan xodimlar ishga tiklandi
Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh olimlari idish yuvish umrni uzaytirishini isbotlashdi?
Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi
Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi
Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi
«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi
Atamboyev endi nima qilishini aytdi
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to'yini nishonlamoqda
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog'istondan topilgan
Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatiga kiritildi