У нас есть только
оригинальные песни

Islom Karimov tutgan kundalik (1-qism)

calendar 06.09.2016
5220

Bundan bir necha yil muqaddam Samarqand shahriga, Prezidentimiz Islom Abdug'aniYevich o'qigan 21-maktabga borgan edim. Meni, Islom Abdug'aniYevichning bolalik chog'lari qiziqtirar, “Bo'ladigan bola boshidan ma`lum” iborasini ishlatib, hammani lol qoldiruvchi maqola yozsam derdim.

Maktab Islom Abdug'aniYevich o'qigan paytlari qanday bo'lsa, o'sha holatda saqlanib qolgan, ko'hna va shinam, stol, stul, doskalar, honalar o'sha o'sha, hatto Islom Abdug'aniYevich tutgan kundalik daftarlar, insho daftarlari, tabellar, birinchi sinfdan to yuqori sinfgacha sinfdoshlar bilan tushgan suratlar, vin'Yetkalar, biroz sarg'ayib, yillar nuqsi urganini aytmaganda hammasi gard yuqtirilmay saqlangan edi. Kundalik daftarga qo'yilgan baholar, to'g'risi men umuman kutmagan, meni bu qadar hayratga soladi deb o'ylamagan, ya`ni hammasi “a`lo” – “5” baholar edi. Yillar davomida birorta “4” olmaslik, nazarimda aqlimga sig'masdi.

Hayratimni yashirolmay, “Rostdan ham shunday bo'lganmi?” degan ma`noda maktab direktori Sayyora Malikovaga yuzlandim.

— Bu juda qiziq, — dedi Sayyora opa, — Prezidentimiz maktabni tugatgan 1955 yilda, Samarqand viloyatiga faqat bitta oltin medal' kelgan. O'sha oltin medalni Islom Abdug'aniYevich olganlar. O'sha yili viloyatda o'quvchilar o'rtasida o'tqazilgan olimpiadaning mutloq g'olibi ham Islom Abdug'aniYevich bo'lganlar. Bundan ham qizig'i, Islom Abdug'aniYevichni ko'p yillar o'qitgan ustozi, keksa pedagog Halim Abdurahmonov, 1955 yilda Islom Abdug'aniYevichga topshirgan “Fahriy yorliq” ning orqasiga qoldirgan yozuvdir:

“Men butun umrimni pedagogikaga bag'ishladim. Oltmish yillik faoliyatim davomida minglab bolalarga ustozlik qildim. Ammo shu yillar ichida Islom Karimovday zukko, aqlli, ilmga chanqoq, do'stlarining mehru-muhabbatini qozongan boshqa o'quvchini uchrata olmadim. Islom Karimovga o'ninchi sinfni bitiruv kechasida oltin medal' topshirishim, hayotimning eng saodatli daqiqalaridir!”

1955 yilda olimpiadaning mutloq g'olibi bo'lish, “Oltin medal'” olish va keksa pedagogning bunday olqishiga sazovor bo'lish – bu juda katta baht ! – deya so'zlardi Sayyora Malikova.

( Islom Karimovning bolaligi haqidagi hikoyalarimizni davom ettiramiz, iloho joylari jannatdan bo'lsin, u kishi tufayli nimaiki yahshilik ko'rgan bo'lsak, mukofotlashni Olloh taolodan so'rab qolamiz)

Shoir Muhammad Ismoil.

 

Яндекс.Метрика