У нас есть только
оригинальные песни

Islom Karimov vafot etdi

calendar 02.09.2016
7559


O'zbekiston halqi og'ir judolikka uchradi. Respublikaning birinchi prezidenti Islom Abdug'aniYevich Karimov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda bugun, 2 sentyabr' kuni "O'zbekiston" televideniYesi orqali ma`lum qilindi.
Prezidentda 28 avgust kuni qayd etilgan insul't uni hayotdan olib ketdi.
"Aziz vatandoshlar, 
Yuragimizda chuqur qayg'u bilan barchamiz uchun qadrli bo'lgan Prezidentimiz Islom Abdug'aniYevich Karimov vafot etganini ma`lum qilamiz. Islom Abdug'aniYevich 2016 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o'zgarishlarga va poliorgan Yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o'tkir buzilishi (insul't) oqibatida vafot etdi. 
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarihiy shahs edi. Islom Karimovning qat`iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o'z taraqqiyot yo'lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g'oyat murakkab va mas`uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va halqimizning urush dahshatlarini ko'rmasdan eson-omon o'tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog'liq. 
Halqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo'lboshchisi Islom Abdug'aniYevich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar hotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi. 
Barchamiz uchun qadrli bo'lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko'ra, Islom Karimov shu yil 3 sentyabrda ota-onasi mangu qo'nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi. 
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016 yil 3 sentyabrda Samarqand shahrida bo'lib o'tadi. 
Biz barchamiz uchun o'ta og'ir judolik munosabati bilan marhumning oila a`zolari va butun O'zbekiston halqiga chuqur hamdardlik bildiramiz", deyildi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarqatilgan habarda. 
Yoshlar.com sayti marhumning yaqinlariga va o'zbek halqiga sabr tilaydi. Uning hotirasi avlodlar hotirasida abadiy qolajak.
O'zbekistonda Islom Karimov boshqaruvi davrida bir avlod tug'ildi, o'sib-ulg'aydi, ta`lim-tarbiya oldi. Yurtdagi chorak asrlik barqarorlik, butun bir yangi avlod, yangicha qarash va yangi hayot uchun muhtaram prezidentga minnatdorchilik bildiramiz.

Яндекс.Метрика