У нас есть только
оригинальные песни

Islom Karimov yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

calendar 08.09.2015
1324

Prezident Islom Karimov 4-sentabr kuni yangi tahrirdagi "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun 2015-yil 24-iyulda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 6-avgustda Senat tomonidan tasdiqlangan edi.

Qonun "Sog‘lom bola yili” davlat dasturi ijrosini ta’minlash doirasida tayyorlangan edi.

Qonun aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy va har tomonlama rivojlangan yoshlarni shakllantirish, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish, zamonaviy va samarali sport infratuzilmasini yaratish uchun imkon hozirlaydi.

Яндекс.Метрика