Bizda faqat
original taronalar

Islom Karimovga o'rnatiladigan haykallar suratlarining namunalari paydo bo'ldi

O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish bo'yicha tanlov o'tkazish borasida mamlakat hukumatining qarori chiqqan edi. Facebook ijtimoiy tarmog'idagi “Skulptury Uzbekistana” guruhida mazkur tanlovda ishtirok etuvchi haykallar namunalariga doir suratlar joylashtirildi

Ular Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlarida o'rnatiladigan haykallar xalqaro tanlovida ishtirok etadi. 

Eslatib o'tamiz, 31 mart kuni xalqaro tanlovga namunalar taqdim etish bo'yicha so'nggi kun bo'lib, 10 aprelgacha maxsus ko'rgazma tashkil etiladi. Unda barcha xohlovchilar taqdim etilgan namunalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishadi.