У нас есть только
оригинальные песни

Islom Karimovning buyukligi sirlari

calendar 07.09.2016
5060

Tog'da yursak, uning buyukligi go'yo, ko'zga tashlanmagandek bo'ladi. Uzoqlashganimiz sari tog'larning buyukligi yaqqol namoyon bo'ladi. Tiriklik vaqtida ham, vafotidan keyin ham Islom Karimovni buyuk inson edi. deyishga to'la haqqimiz bor. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ahborotida ta`kidlanganidek, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarihiy shahs edi.

Islom Karimovning qat`iyati va jasorati bilan Respublikamiz mustaqillikka erishdi va o'z taraqqiyot yo'lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g'oyat murakkab va mas`uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va halqimizning urush dahshatlarini ko'rmasdan eson-omon o'tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog'liq.

Mustaqillik hech qaysi halq, hech qaysi millat tarihida osonlik bilan qo'lga kiritilgan emas. Eng qiyini mustaqillikni saqlab qolishdir. Misol tariqasida o'tgan asrning 60 yillarida Afrika qit`asida va 90-yillarida postsovet mamlakatlarida qo'lga kiritilgan mustaqilliklar haqida gapiradigan bo'lsak, qaysi bir yosh davlatda rahbari oqil va dono bo'lsa, o'sha mamlakat taraqqiyot yo'lidan bordi. Afrikaning deyarli barcha mamlakatlarida qurolli g'alayon va isyonlar, davlat to'ntarishlari yuz berib, bu jarayon “zanjir reaktsiyasi” kabi hamon davom etmoqda. Dono yo'lboshchilarga ega davlatlar tinch taraqqiyot yo'lini tanlab, buyuk kelajak yaratish yo'lida bir qator yutuqlarga erishdi. Bunda so'zsiz o'sha davlat Yetakchisiining uzoqni ko'zlab olib borgan siyosati katta ahamiyat kasb etadi. Tarihiy Yetakchilarning aybi bilan Afrikada qonlar daryo bo'lib oqqanini guvohi bo'lganmiz.

Yetakchi atrofdagilarga o'z bilimi va ahloqiy qadriyatlarini taqdim qiladi. Masalan, Germaniya kantsleri Gel'mut Kol nemis halqi milliy birligini qayta tiklagan arbob sifatida tarihga kirdi. Yetakchi o'z rejalari haqida safsata sotmaydi, balki ularni amalga oshiradi. Tarihdan ma`lumki, so'z va ish birligiga amalga qilganlargina Yetakchi bo'la oladi. Shu o'rida mustaqillik arafasida yuz bergan O'sh voqealarini olaylik. O'shanda “qora kuchlarning” rejasiga ko'ra, mintaqamizda ikkinchi Tog'li Qorabog' yaratilishi, bunda O'zbekiston Armaniston kabi vazifani bajarishi kerak edi. Biroq aynan Islom Karimovning sa`y-harakatlari bilan yuz berishi mumkin bo'lgan fojialarning oldi olindi.

Davrimizning buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov bilan taniqli qozoq shoiri Muhtor Shohonovning samimiy suhbatlari natijasi o'laroq dunyoga kelgan “Cho'qqida qolgan ovchining ohi-zori” kitobining “Hokimiyat va ma`naviyat yoki podshohlar, honlar, qirollar, prezidentlar faoliyatiga bir nazar” bobida qadimgi hukmdorlardan tortib hozirgi davlat rahbarlari haqida mualliflarning shahsiy fikrlari, qarashlari bayon qilinadi.

Chingiz Aytmatov O'zbekiston Prezidenti bilan ilk uchrashuv haqida quyidagicha eslaydi: “O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan ilk bor 1990 yilda uchrashganman. O'sh fojialari esingdami? Ikki qardosh halq o'rtasida kutilmaganda nifoq paydo bo'lishi, qon to'kilishiga men befarq qarab turaolmadim......

O'sha kuniyoq Chkalov nomidagi aerodromdan bir guruh o'rtoqlar bilan harbiy samolyotda uchib ketdim. Toshkentga qo'nishimiz bilanoq men O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi Odil Yoqubov bilan telefonda bog'landim. Biz uchrashdik. Tayyoragohning o'zida shoshilinch kengash o'tkazdik. Vaziyat kunday ravshan edi: ikki qardosh halq bir-birining yoqasiga yopishib turishardi. Qarama-qarshilikni qanday qilib bartaraf etish mumkin? Kutilmaganda alanga olib ketgan nizoni qanday yo'sinda to'htatib bo'ladi? Bizni ana shunday muammolar qiynar edi. Har bir soatda yangi habar Yetib kelardi, yuraklarimiz o'rtanib, amaliy harakatga shoshilar edik.

Tez orada mening kelganimdan habar topgan O'zbekiston rahbari Islom Karimov aeroportga Yetib keldi. Har doimgidek muayyan bir masalaga butun diqqat-e`tiborini jamlagan, harakatchan, g'ayratli edi. Yakkama-yakka chin dildan gaplashdik... Karimov bilan gapimiz bir joydan chiqdi. U mening fikr-mulohazalarimni batamom qo'llab-quvvatladi va samolyot zinapoyasiga qadar kuzatib qo'ydi.

Qadimdan qon-qardosh bo'lgan ikki halq o'rtasida paydo bo'lgan nifoqni bartaraf etish borasida o'shanda Islom Karimov ulkan davlat arbobiga munosib bo'lgan aql-idrok, donolik namunasini ko'rsatdi”.

2010 yil yozida ham aynan Islom Karimovning buyuk hizmatlari bilangina ikki mamlakat, ikki halq o'rtasida yuz berishi mumkin bo'lgan nizolarning oldi olindi. Buni tan olmaslikning aslo iloji yo'q. Yoki o'tgan asrning 90-yillari boshida fuqorolar urushi avj olgan Tojikistonni olaylik. Bu mamlakatda tinchlik qaror topishiga bevosita Islom Karimov katta hizmat qilganini kuzatuvchilar tan oladi.

Islom Karimov oqilona olib borgan siyosat tufayli O'zbekiston chorak asr ichida gullab-yashnadi va jahonda munosib o'rnini topdi. Buyuk ishlari tufayli Islom Karimov sayyoramizning nufuzli siyosatchilaridan biri sifatida tan olindi. Yetakchi – o'z ortidan odamlarni ergashtira oladigan siyosatchidir. Olimlarning fikricha, Yetakchilik o'zini o'zi (birinchi navbatda hissiyoti va aqlini) nazorat qilishdan boshlanadi. Chunki insonlarning o'y-hayoli va hissiyotlari ularning kelajagini belgilaydi.

Qirg'iziston sobiq prezidenti Asqar AqaYev horij radiolaridan biriga bergan interv'yusida “Islom Abdug'aniYevich Karimovga juda katta hurmatim bor. Bu odam 25 yildan ko'proq vaqt davomida mamlakatdagi tinchlikni saqlab keldi¸ O'zbekistonni o'tish davrining juda og'ir davrlaridan eson-omon olib chiqdi. Bir yil oldin o'zbek halqi Karimovni saylagan edi. Bu donishmand halq kimni saylashni biladi va kelajakda ham Islom Abdug'aniYevich kabi donishmandlarni o'z Yetakchisi qilib saylaydi” deydi. Belarus' sobiq prezidenti Stanislav Shushkevich esa “Islom Karimovni men yaqindan taniganman. Men uni aql-zakovat va hamda kuchli intellekt sohibi sifatida bilaman. U men uchun qadrdon kishi edi. Biz uni butun kamchiligiyu fazilatlari bilan qo'shib e`tirof qilaylik. Bugun uning yaqinlari bilan hamdardman” deydi.

Yetakchi bo'lish uchun hohishning o'zi Yetarli emas. Yetakchi qalban va jismonan mard bo'lishi kerak. Ular fikrlar qamrovining kengligi bilan ajralib turishadi. Islom Karimov O'zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqdi, yurtimizning yorug' istiqboli yo'lida ko'pmillatli halqimizni birlashtirib, uni ulug' maqsadlar sari boshladi. Yetakchi birovlarni o'ziga bo'ysindirishni emas, balki ortidan ergashtirish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Agar uning hatti-harakati yahshilikka yo'naltirilgan bo'lsa, uning ortidan odamlarning ergashishi turgan gap. Bu jihatlarni Islom Karimov siymosida ko'rdik.

Yetakchilar o'z atrofiga siyosatning muhim muammolari bo'yicha ekspertlardan iborat “aql markazlari”ni jamlaydi. Bu markazlar o'z navbatida muhim masalalar bo'yicha qaror qabul qilishda samara berishi isbotlangan. Yetakchi u yoki bu masala bo'yicha mag'lub bo'lishi yoki zafar qozonishi maqsadida tavakkal qilishdan qo'rqmasligi kerak. Chunki siyosat kutilmagan voqealar zanjiridir. Shu sababli ham Yetakchi hamma narsaga tayyor turmog'i lozim. Siyosiy Yetakchilar jamiyat taraqiyotining inqirozli davrida yuzaga chiqadi. Ular siyosiy va iqtisodiy dasturlari bilan sahnaga chiqib, jamiyatning qiyinchiliklardan chiqib ketishiga hissa qo'shadilar.

2 sentyabr' soat 23.00da “Rossiya-24”telekanali boshlovchisi “Karimov o'zini jahon darajasidagi siyosatchi sifatida ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. Uning muvaffaqiyatlari O'zbekiston muvaffaqiyati sifatida ko'rildi” (Karimov proyavil sebya politikom mirovogo urovnya. Yego uspehi v itoge stali uspehami Uzbekistana) dedi. Unda ta`kidlanganidek, Karimov haqiqatan ham yangi jahon siyosiy realigiga asos soldi. U postsovet rahbarlari qilaolmagan ishning uddasidan chiqdi. SSSR sobiq respublikasining fikrini Bryussel', Vashington, Moskva tinglaydigan, jahon siyosiy maydonining o'yinchisiga aylantirdi. (Karimov, i pravda, sozdaval novuyu mirovuyu politicheskuyu real'nost'. On smog to, chto udalos' daleko ne kajdomu postsovetskomu lideru. Sdelal iz byvshey respubliki SSSR polnotsennogo igroka mirovogo politicheskogo polya, ot pozitsii kotorogo mnogo chego zaviselo, i k mneniyu kotorogo prislushivalis' i Bryussele i Vashingtone, i v Moskve).

Islom Karimov SSSR vaqtida hal qilinmagan O'zbekistondagi murakkab vazifalarni hal qilishga majbur bo'ldi. (Islamu Karimovu prishlos' reshat' mnojYestvo trudneyshih zadach v Uzbekistane). Ko'rsatuvda 32 million aholiga ega O'zbekiston ko'p millatli mamlakat ekanini ta`kidlanar ekan, shunday sharoitlarda I.Karimov respublikani saqlab qoldi, fuqorolar urush alangasi chiqishiga, birovlarning hissiyotlari garovi bo'lishiga yo'l qo'ymadi (I v etih usloviyah Karimov sohranil respubliku, ne dal zajYech' koster grajdanskoy voyny radikalam, ne dal sdelat' YeYe zalojnikom chujih ambitsiy), deyiladi.

Yetakchilar hamisha o'zlariga ishonishadi. Shu o'rinda Islom Karimovni “Amerika qayta qurish”ining otasi Franklin Ruzvel'tga qiyoslash mumkin. Aynan Islom Karimovning sa`y-harakatlari bilan O'zbekiston ham huddi AQSh singari og'ir iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketishga muvaffaq bo'ldi. Shuni ta`kidlash kerakki, Islom Karimov ham huddi F. Ruzvel't singari samarali siyosiy faoliyati tufayli to'rt marta prezident etib saylangan. F. Ruzvel't AQSh tarihida o'z lavozimiga to'rt marta saylangan yagona prezidentdir. AQShdagi “Yangi kurs” iqtisodiy islohotlari, fashizmga qarshi kurash koalitsiyasini tuzish uning nomi bilan bevosita bog'liq. Islom Karimov esa O'zbekistonda iqtisodiy islohatlar otasi sifatida tan olinadi. Halqaro terororizm va unga qarshi kurash borasidagi bayonotlari tufayli ham Islom Karimov bir ovozdan eng mashhur siyosatchilari safidan o'rin olgan. 1944 yilda Ruzvel't to'rtinchi muddatga o'z nomzodini prezidentlikka ko'rsatishga rozi bo'ladi. U og'ir damlarda mamlakatni taqdir hukmiga tashlab qo'yishni istamadi. Huddi shu kabi fikrni Islom Karimovga nisbatan ham ishlatsak bo'ladi. Islom Karimov rahnamoligida O'zbekiston tom ma`noda mustaqillikka erishdi. Ya`ni nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy jihatdan ham mustaqil bo'ldik. Shaharlarimiz, qishloqlarimiz tubdan o'zgardi. Yagona temiryo'l majmuasi yaratildi. “O'zbekiston Havo yo'llari” aviakomaniyasi dunyodagi Yetakchi aviakompaniyalardan biriga aylandi. Qo'l bilan tiklangan bunyodkorliklar haqida ko'p gapirish mumkin. Islom Karimov o'ziga qo'l bilan tiklab bo'lmaydigan haykal qo'ydi. Bu insonlarning qalbidan joy olganidir. Prezidentimizning vafoti haqidagi habarni eshitib, yig'lagan ham yig'ladi, yig'lamagan ham yig'ladi. Buni horijda yurgan ayrim alamzadalar bilib qo'ysin. Halqimiz prezidentlik saylovlarida Islom Karimovni yoqlab ovoz bergan edi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ahborotida ta`kidlanganidek, halqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo'lboshchisi Islom Abdug'aniYevich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar hotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi.

Sharofiddin To'laganov

Яндекс.Метрика