У нас есть только
оригинальные песни

“Islom.uz” Laylat ul-qadr kechasi laylak uchib kelishini inkor qildi

calendar 19.06.2016
4099

“Islom.uz” saytining savol-javoblar bo‘limida foydalanuvchilardan biri Laylat ul-qadr kechasi bilan bog‘liq xalq inonchlariga oid savolni sayt ma’muriyatiga yo‘lladi.

“Yoshligimizda momolarimiz tomonidan bizga ‘Laylat ul-qadr kechasida laylaksifat qush uchib o‘tadi. Kim shu kunda uxlamay, o‘sha kushga duch kelsa, nimani ushlasa, shu narsa tilloga aylanib qoladi’, degan rivoyat singdirilgan. Aytingchi, bu afsonami?” — savol berdi foydalanuvchi.

“Bu to‘qima gap. Vallohu a’lam!” — deb javobni qisqa qildi sayt ma’muriyati.

Яндекс.Метрика