Ispaniya chempionati, 12-tur. Bugun "El Klasiko"

Bugun, 21 noyabr kuni Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida "Real" o'z maydoni "Santyago Bernabeu"da ashaddiy raqibi "Barselona"ni qabul qiladi.

Madrid va Kataloniya superklublari o'rtasidagi har qanday o'yin butun dunyo muxlislarini hamisha o'ziga jalb qilib kelgan. Futbol olami bugun teng ikkiga bo'linishi kutilmoqda.

Ispaniya chempionatining 11-turidan keyin "ko'k-anorranglilar" ashaddiy raqibidan 3 ochkoga ilgarilab ketgan. Ungacha chempionatda etakchilik qilib kelgan "Real" 11-tur o'yinini safarda "Sevilya"ga qarshi o'tkazib, 2:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Bu Benites rahbarligidagi "Real"ning ilk mag'lubiyatiga aylandi.

Luis Enrike boshchiligidagi "Barselona" esa mavsumda 2 marta mag'lubiyatli o'yin o'tkazishga ulgurgan. Lekin jamoa 9 o'yinda g'alaba qayd etib, turnir jadvalida etakchilikni qo'liga olgan. Jamoa oxirgi 4 o'yinda 13ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qayd etish kerakki, bu natijalar jamoaning asosiy futbolchisi Lionel Messisiz qo'lga kiritildi. Argentinalik futbolchi 26 sentyabr kuni "Las Palmas"ga qarshi o'yinda jarohat olganidan keyin maydonga qaytmadi.

Lekin u "Klasiko"gacha jarohatidan forig' bo'lishga ulgurdi. Oxirgi xabarlarda uning bu o'yinda kamida zaxiradan maydonga tushishi aytilgan.

Shuningdek, bu o'yinga ancha vaqt jarohatda bo'lgan "Real" futbolchisi Xames Rodriges tayyor holda etib keldi. "Barselona"ning yana bir asosiy futbolchilaridan biri Ivan Rakitich ham formasini tiklagan. Jamoa darvozaboni Keylor Navas ham tarkibga qaytgan. "Real"dagi himoyachilar Serxio Ramos va Marselo ham o'yinga tushishga tayyor. Shu tariqa ikki jamoa ham o'yinga jangovar holatda etib keldi.

Bu o'yinda faqatgina "Real" hujumchisi Karim Benzema ishtirok etmasligi mumkin. Uning shaxsiy hayotidagi muammolar (Valbuena bilan bog'liq mojarolar) tufayli uning ruhiy jihatdan tayyor bo'lmasligi o'yinni o'tkazib yuborishiga sabab bo'lishi mumkin.

Bugun "qaymoqranglilar" g'alaba qozonishsa, jadvalda 1-o'ringa ko'tarilib olishadi. Mag'lubiyat esa "Qirollik klubi"ning 6 ochko ortda qolishiga sabab bo'ladi. Shu bois, "Madrid"dagi bosim ikki barobar yuqori.

La liga rahbariyati jahondagi barcha ishqibozlarning, xususan, osiyoliklarning manfaatlarini o'ylab, o'yinni mahalliy vaqt bilan 18:15 (Toshkent vaqti bilan 22:15)ga belgilagan.

Parijdagi teraktlar tufayli o'yinni xavfsiz sharoitlarda o'tkazish choralari kuchaytirilgan.

O'yin hakami etib andalusiyalik (Almeriya) David Fernandes Borbalan tayinlangan.


Комментарии (4) | Добавить: 21.11.2015
4. _-Elbek-_ (22.11.2015 00:51)
0:4
3. _-Elbek-_ (22.11.2015 00:50)
Barcaaaaaaaaaaaa
2. ruslon8145 (21.11.2015 18:49)
Bolla turkman sportdan so at nechida bolarkan yozvoringlar
1. ulugbek919949499 (21.11.2015 17:52)
Barsa nömer 1
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi. Yangi nomlar bor
Davlat test markazi rahbari o'zgardi
«Barselona» yangi formasini namoyish etdi
Toshkentda “Captiva” va “Prado” avtomobillaridan 7 mln so'mdan ortiq mol-mulkni o'g'irlagan shaxs ushlandi
Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato
Aholi soni bo'yicha Xitoy ortda qoldirildi
Nokia 9 rekord darajadagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so'mda sotilishi yo'lga qo'yiladi
Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?