У нас есть только
оригинальные песни

Ispaniya Еvro-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritdi

calendar 10.10.2015
1312

9 oktyabr oqshomida Еvropa chempionati uchun navbatdagi saralash o'yinlari bo'lib o'tdi. S guruhi vakili bo'lgan Ispaniya terma jamoasi 9 turda Lyuksemburg ustidan 4:0 hisobida g'alabaga erishdi va Еvropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Ispanlar hisobida 24 ochko jamg'arildi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarda Slovakiya hamda Ukraina 19 ochko to'plagan holda joylashgan.

Еvropa chempionati saralashi
9-tur
Ispaniya – Lyuksemburg 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar:1:0 – 42 Kasorla, 2:0 – 67 Pako Alkaser, 3:0 – 80 Pako Alkaser, 4:0 – 85 Kasorla. 
Ispaniya – Kasilyas, Pike, Alba, Xuanfran, Bartra, Kasorla, Buskets, Silva (Mata, 10), Fabregas, Pedro (Nolito, 77), Morata (Pako Alkaser, 33).
Lyuksemburg – Juber, Malje, Shano, Delgado, Much, Payyal, Yans, Pereyra (Da Mota, 79), Jerson, Bensi (Devill, 64), Joakim (Turpel, 90).
Ogohlantirishlar: Bensi (20), Malje (54), Pedro (55), Da Mota (87).
Яндекс.Метрика