У нас есть только
оригинальные песни

Ispaniya, Italiyadan g'alaba va boshqa natijalar

calendar 10.10.2016
785

JCh-2018 saralash bosqichining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Ispaniya terma jamoasi 3-turni Albaniya maydonida o'tkazdi. Mazkur uchrashuvda “qizil furiya”liklar raqiblaridan ustunliklarini ko'rsata olishdi. Birinchi taymda hisob ochilmadi. Biroq ikkinchi bo'limning 55-daqiqasida DiYego Kosta Albaniya darvozasini ishg'ol qildi, - 0:1. Keyinchalik Nolito ham gol kiritishga erishdi va Ispaniya terma jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasiga hissa qo'shdi.

Guruhning yana bir uchrashuvida Italiya terma jamoasi Makedoniyaga qarshi mehmonda to'p surdi. Dastlab Italiya terma jamoasi 24-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa-da, keyinchalik Makedoniya ketma-ket ikki bor Buffon darvozasini ishg'ol qilib, oldinga o'tib olishdi, - 2:1. 75-daqiqada Chiro Immobile muvozanatni tikladi. Shuningdek, u 90-daqiqada ham yana bir Makedoniya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilib, Italiyaga uch ochko keltirdi, - 2:3.

Islandiya terma jamoasi 3-turda ham g'alaba qozondi. O'z maydonida Turkiyani qabul qilgan islandlar 2:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritdi va ochkolari sonini ko'tarib oldi.

Albaniya – Ispaniya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 55 DiYego Kosta, 0:2 – 63 Nolito.
Albaniya – Berisha, Lenyani (Aliyi, 46), Mavray, Gimsiti, Lilya, Roshi, Jaka (Huka, 75), Husay, Memushay (Basha, 68), Agoli, Balay.
Ispaniya – De Hea, Ramos (Martines, 80), Pike, Monreal', Koke, Al'kantara, In'Yesta (Isko, 78), Vitolo (Nolito, 60), Buskets, Sil'va, DiYego Kosta.
Ogohlantirishlar: Al'kantara (25), Agoli (45), Mavray (70).

Makedoniya – Italiya 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 24 Belotti, 1:1 – 57 Nestorovski, 2:1 – 59 Hasani, 2:2 – 75 Immobile, 2:3 – 90 Immobile.
Makedoniya – Bogatinov, Moysov, Shikov, Ristevski, Alioski, Hasani (Traychevski, 84), Juta (Ibraimi, 46), Spirovski, Ristovski, Pandev, Nestorovski (Petrovich, 68).
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Roman'oli, De Shil'o, Bardzal'i, Verratti, Bonaventura (Parolo, 64), Kandreva, Bernardeski (Sansone, 64), Belotti (Eder, 84), Immobile.
Ogohlantirishlar: Alioski (40), Spirovski (53), Ibraimi (66), Parolo (70), Petrovich (90).

Serbiya – Avstriya 3:2 (2:1, 1:1)
Gollar: 1:0 – 6 Mitrovich, 1:1 – 15 Zabittser, 2:1 – 23 Mitrovich, 2:2 – 62 Yanko, 3:2 – 74 Tadich.
Serbiya – Stoykovich, Rukavina (Maksimovich, 90), Nastasich, Ivanovich, Kolarov, Kostich (Katai, 66), Feysa, Tadich, MilivoYevich, Mitrovich, Mitrovich (Gudel', 77).
Avstriya – O'zjan, Vimmer, Klyayn, Dragovich (Predl', 71), Alaba, Zabittser, Baumgartlinger (Il'zanker, 58), Arnautovich, Yunuzovich (Shopf, 63), Hinteregger, Yanko.
Ogohlantirishlar: Tadich (35), MilivoYevich (37), Baumgartlinger (39), Il'zanker (77), Kolarov (80).

Islandiya – Turkiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 41, avtogol To'prak, 2:0 – 44 Finnbogason.
Islandiya – Hal'dersson, Sigurdsson, Skulason, Sevarsson, Arnason, B'yarnason, B'yarnason (Magnusson, 86), Sigurdsson, Gudmundsson, Finnbogason (K'yartansson, 68), Bedvarsson (Sigurdarson, 62).
Turkiya – Bobojon, To'prak, Erkin, O'zbayroqli, Oyhon, To'pal, O'ztekin (To'sun, 59), Shen (Erdinch, 67), Mo'r, Chalhono'g'lu, To'fon (Jigerji, 45).
Ogohlantirishlar: B'yarnason (38), Shen (40), Mor (54), B'yarnason (76).

Яндекс.Метрика