У нас есть только
оригинальные песни

Ispaniya prokuraturasi Neymarni ta'magirlikda ayblamoqda

calendar 08.01.2016
1463

Ispaniya prokuraturasi braziliyalik hujumchi Neymarni uning 2013 yilda «Santos»dan «Barselona» jamoasiga o'tishida korruptsiyaga yo'l qo'yilgani bo'yicha so'roq qiladi. Bu haqda Cadena Ser xabartarqatdi.

Manbada yozilishicha, braziliyalik futbolchi ta'magirlik va korruptsiyada ayblanmoqda. Xuddi shunday ayblov Neymarning otasiga hamda «Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu, «ko'k-anorranglilar»ning sobiq rahbari Sandro Rosel, «Santos»ning sobiq prezidentlari Luis Alvaro de Oliveyra va Odilio Rodrigesga nisbatan ham qo'yilmoqda.

Bundan oldinroq, futbolchining onasi adin Gonsalvesh da Silva Santosga nisbatan ham shunday shubhalar paydo bo'lgani xabar qilingandi.

Prokuratura uchun DIS fondining ko'rsatmalari asos bo'lmoqda. Jamg'arma vakillarining so'zlariga ko'ra, Neymarning «Santos»dan «Barselona»ga o'tishi uchun to'langan mablag'ning 40 foizini uning transfer huquqiga sherik bo'lgan DIS jamg'armasi olishi kerak bo'lgan. «Barselona» esa uning transferi uchun 57 mln evro sarflaganini ma'lum qilgandi.

Lekin 2015 yilning yanvarida jamoa tomonidan bu raqam 86,2 mln evro ekani aytildi.

Bu transfer vaqtida DIS jamg'armasi 17,1 mln evro olgan.

Яндекс.Метрика