У нас есть только
оригинальные песни

Ispaniya superkubogi uchun “Barselona” va “Sevilya” kurashadi

calendar 11.05.2018
1099

Joriy mavsum “Barselona” La Liga va Ispaniya kubogida zafar quchib, kelasi mavsum boshida mamlakat superkubogida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya chempionati reglamentiga ko‘ra, agar bir klub ham chempionat va kubokda g‘olib bo‘lsa, mamlakat kubogi finalchisi superkubokning ikkinchi qatnashchisiga aylanadi. Shunday tariqa amaldagi mavsumda Ispaniya kubogida o‘ynagan “Sevilya” superkubok uchun bahsda ishtirok etadigan bo‘ldi. Mazkur sovrin uchun 2 ta bahs (uyda/safarda) o‘tkaziladi.

11-avgust

“Sevilya — ”Barselona“ (”Ramon Sanches Pisxuan" stadioni)

14-avgust

“Barselona” — “Sevilya” (“Kamp Nou” stadioni)

Яндекс.Метрика