У нас есть только
оригинальные песни

Ispaniya turizm solig‘ini ikki barobar oshirdi

calendar 03.05.2018
721

Ispaniya turizm qo‘mitasi Mayorka, Formentera va Ibiza kabi hudularda ta’tilga keladigan sayyohlar uchun soliqni ikki barobarga oshirdi.

Narxli soliq solish kishi boshiga 4 yevrodan boshlanib, sayyohlar afzal ko‘rgan ta’til shakliga qarab o‘sib boraveradi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Bunday yo‘l tutilishi sayyohlarga qulaylik yaratish, dam olish hududlarini toza va ozoda saqlash, xizmat sifatini yanada yaxshilashdan iborat. Mavsumdan tashqari paytlarda kishi boshiga 50 sentdan 2 yevrogacha soliq solinadi. 15 yoshdan kichik bolalarga soliq solinmaydi.

Mayorka orolida 9 kundan ortiq qoladigan sayyohlarga esa 50 foizlik chegirmalar joriy etildi. 

Яндекс.Метрика