У нас есть только
оригинальные песни

Ispaniyada “legionerlar kasalligi”ning avj olishi qayd etildi

calendar 26.12.2015
1088

Ispaniyaning Kastiliya-La-Mancha muxtor viloyatidagi Mansanares shahrida “legionerlar kassalligi” deb nomlanadigan legionellez infeksiyasining avj olishi qayd etildi. Bu haqda “Korrespondent. net” xabar qilmoqda.

                        

Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, bugungi kunga kelib ushbu infeksiya bilan kasallanganlar soni 205 kishini tashkil qilmoqda.

Bemorlarning 46 nafari shifoxonaga yotqizilib, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir. Bundan tashqari, kasallik tufayli 84 va 73 yoshdagi ikki nafar erkak vafot etdi.

Muxtoriyat rasmiylarining ta’kidlashicha, kasallikni yuqtirib olganlar soni ko‘payishi mumkin. Hukumatda legionellezning avj olishiga sabab bo‘lgan aniq omillar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. Mumkin bo‘lgan sabablar o‘rganilmoqda.

Яндекс.Метрика