У нас есть только
оригинальные песни

Ispaniyalik ayoldan Facebook’da qoʻygan surati uchun 800 yevro jarima undiriladi

calendar 25.08.2015
2701

Ispaniyaning Alikante kurort shahrida yashovchi ayoldan Facebook’da qoʻygan surati uchun 800 yevro jarima undiriladi. Ayol facebook’dagi profilida oʻzi suratga olgan rasmni joylashtirgan. Unda politsiya avtomobilining nogironlar uchun ajratilgan toʻxtash joyida koʻrish mumkin. Bu haqda The Guardian xabar qildi.

Ayol nogironlar avtomobili uchun joyda toʻxtab turgan politsiya avtomobili surati ostida quyidagicha sharh qoldirgan: «Istagan joyingizda toʻxtang, sizga hech qachon jarima yozishmaydi». Surat Facebook’da chop etilganidan 48 soat oʻtib, politsiya ayolning turar joyini aniqlagan va uni jarimaga tortgan. Nashrning ma’lum qilishicha, ushbu holat 2015-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan «Fuqarolarning xavfsizligi haqidagi qonun»ga toʻgʻri keladi. Unga koʻra Alikante fuqarosining harakati quyidagicha tasniflanadi: «ayol oʻzining yoki oila a’zolarining shuningdek, politsiya operatsiyalari yoki qoʻriqlanayotgan obyektni xavf ostiga qoʻygan holda politsiya xodimlarining tasvirlaridan noqununiy foydalangan».

The Guardian’ning ma’lum qilishicha, ushbu holat Ispaniyadagi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning tanqidiga uchradi. BMT mutaxassislari ushbu holatni muhokama qildi va bu qonun «asossiz va nomutanosib boʻlib, asosiy erkinliklarini cheklaydi» degan fikrga kelishdi. Amnesty International tashkilotining fikricha, politsiya avtomobillarini suratga olish kerak, ayniqsa hokimiyatni suistemol qilgan hollarida. Biroq, Ispaniyada kuchga kirgan yangi qonun bu kabi fotosuratlar uchun 600 yevrodan 30 000 yevrogacha boʻlgan miqdorda jarima undiradi.

Mahalliy politsiyaning rasmiy vakili Fernando Portilyoning aytishicha, ofitserlar mashinani nogironlar uchun toʻxtash joyida qoldirganiga, tezkor chaqiruv sabab boʻlgan. Facebook’ga qoʻyilgan surat rostdan ham politsiyani xavf ostiga qoʻygan qoʻymaganligi haqidagi savolga, ayol shahar hokimiyatiga ushbu voqea haqida axborot berib, politsiya qadr-qimmatini haqorat qilgan, deya javob berdgan politsiya rasmiy vakili.

Яндекс.Метрика