У нас есть только
оригинальные песни

Isroil Madrimov kun jangida qozog'istonlik raqibni mag'lub etdi

calendar 01.09.2018
829

Osiyo o'yinlarida erkaklar o'rtasida boks bo'yicha musobaqalar O'zbekiston vakillarining mutlaq ustunligida yakunlandi.

-75 kg vazn toifasidagi final bahsida Isroil Madrimov qozog'istonlik Abilxan Amankulga qarshi chiqdi va raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan, Osiyo o'yinlari oltin medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa, o'zbekistonlik bokschilar Osiyo o'yinlarida 5ta oltin medalni qo'lga kiritishdi.

Bungacha Jasurbek Latipov (-52), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-64 kg) va Bobousmon Boturov (-69kg) oltin medallarni qo'lga kiritishgandi. Hasanboy Do'smatov (-49 kg) va Shunqor Abdurasulov (-60 kg) esa finalda yutqazishdi.

Ayni vaqtda O'zbekiston delegatsiyasi oltin medallar sonini 20taga yetgan. Umumiy reytingda 68 medal (20 oltin, 23 kumush va 25 bronza) bilan O'zbekiston beshinchi o'rinda joylashgan.

Яндекс.Метрика