У нас есть только
оригинальные песни

Issiq urishining alomatlari va ko'rsatiladigan birinchi yordam

calendar 06.08.2016
1341

Ko'pchilik yil davomida yoz kelishini kutib yashaydi. Ochiq osmon, ta`til, plyaj va shu bilan birga issiqni salomatlikka ta`siri muammolari. Asosiy muammolardan biri bu quyosh yoki issiq urishi hisoblanadi. Quyidagi maqola quyosh urganda ko'rsatiladigan birinchi yordam haqida tasavvur va bilimingizni oshirishda ko'mak beradi.

Biologiya


Organizmimizdagi tana haroratimiz Tsel'siy bo'yicha 36,6 darajani tashkil etadi. Terlash tanani qizib ketishdan saqlab turadi va ortiqcha energiyani chiqarib tashlaydi. Ammo istalgan payt termonazorat jarayoni ishdan chiqishi mumkin, ayniqsa, yozda bu jarayon tez-tez uchrab turadi.

Organizmdagi termonazorat buzilish sabablari


O'ylagandan ko'ra havfliUmuman olganda, odam kuchli mavjudot hisoblanadi. Organizmdagi istalgan jarayonni buzish uchun biror-bir jiddiy sabab bo'lishi kerak. Issiq urishiga quyidagi omillar sabab bo'ladi: yuqori harorat va namlikda uzoq vaqt qolish; tik quyosh nuri ostida uzoq vaqt bo'lish; mana shu holatlarda o'ta faol bo'lish; suv Yetishmasligi.


AlomatlariIssiq urishi odamlar orasida jiddiy qabul qilinmaydi, ammo hato qilinadi. Termonazorat tizimining buzilishi tezlik bilan suv-tuz me`yorini buzilishiga, qon aylanishining sekinlashishiga va yurak aritmiyasiga olib keladi. Issiq urishi natijasida ko'p hollarda yurak urishi to'htab qoladi va miyaga qon quyiladi.


Nima qilish kerak?Issiq urgach, organizm favqulodda holatga o'tadi va yashab qolish uchun nimanidir qurbon qilishga tayyorlanadi. Keyingi alomatlar quyosh ostidan darhol ketish lozimligiga ishora qiladi: holsizlik, bosh aylanishi, rangning oqarishi, terlashning kuchayishi, haroratning oshishi va hushdan ketish.

Issiq urishining dastlabki alomatlari darhol reaktsiya berishga undaydi. Har qanday holatda “tez yordam” hizmatini chaqirishga to'g'ri keladi. Avvalo, vaziyatni o'zingiz baholay biling: jabrdiyda soya va salqinda o'zini yahshi his etadi. Agar bunday imkoniyat bo'lmasa, havo aylanadigan va salqin bino ichiga kirish lozim. Jabrdiydaning boshi yuqori holatda bo'lishi kerak. Tana kengroq maydonda joylashishi lozim, bu tanadan ortiqcha energiya chiqib ketishiga sabab bo'ladi. Peshonaga qo'yilgan muzdek kompress insonni hushiga keltiradi. Ko'p suyuqlik ichish suv-tuz me`yorini joyiga keltiradi. Agar yoningizda valerian bo'lsa, unda 20 tomchi qo'yib ichib yuborilsa, hammasi joyiga tushadi

Яндекс.Метрика