У нас есть только
оригинальные песни

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha maxsus davlat organi tashkil etiladi

calendar 10.01.2018
837

2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasi e`lon qilindi.

Dasturning III bobi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari» deb nomlangan. Uning Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish bo'limida amalga oshirilishi mo'ljallanayotgan quyidagi chora-tadbirlar belgilab olinmoqda.

Jumladan, Respublikada iste`molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, iste`molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha maxsus davlat organi (agentlik) tashkil etish hamda yangi tahrirdagi «Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish mo'ljallanmoqda.

Davlat raqobat qo'mitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar 2018 yil 1 iyulga qadar Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishadi.

Loyihalarda:

  • iste`molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha maxsus davlat organi (agentlik) tashkil etish;
  • uning vazifa va vakolatlari, davlat tizimiga jamoatchilik nazorati institutini keng joriy etish;
  • iste`molchilar huquqlarini himoya qilishning samarali va shaffof mexanizmlarini tatbiq etish kabi masalalar nazarda tutiladi.
Яндекс.Метрика