У нас есть только
оригинальные песни

Iste’molchilar qachon elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yiladi?

calendar 20.07.2017
1419

Vazirlar Mahkamasining 10-iyuldagi qarori bilan Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

  • shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda, shu jumladan hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud bo‘lganda;
  • Byuro talabnomalari ijro etilmaganda, shu jumladan uning vakillariga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlariga ko‘rsatkichlarni olish uchun ruxsat etilmaganda;
  • elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish yoki elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari aniqlanganda;
  • elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashilganda.

Avariya holatida iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish energiya resurslarini yetkazib beruvchilar tomonidan, Byuroni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.

Iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzi mavjud bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxati energiya resurslarini yetkazib beruvchilar tomonidan har oyning o‘n birinchi sanasidan boshlab har kuni shakllantiriladi hamda yagona elektron idoralararo axborot tizimi orqali Byuroga taqdim etiladi.

Byuro elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun qarzlari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning energiya resurslarini yetkazib beruvchilar tomonidan shakllantirilgan va taqdim etilgan ro‘yxatlari asosida iste’molchilarni qarzni besh kun muddatda to‘lash zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.

Byuro iste’molchilar xabardor qilingan paytdan boshlab besh kun muddat o‘tgandan keyin qarzlarni majburiy, shu jumladan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish yo‘li bilan undirish choralarini ko‘radi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish holatlari aniqlangan taqdirda Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (sho‘basi)ning davlat nazoratchisi ularni elektr va gaz tarmoqlaridan darhol uzib qo‘yish, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.

Byuroning tumanlar (shaharlar) elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini nazorat qilish guruhi (sho‘basi)ning davlat nazoratchisi tomonidan iste’molchi elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilganda tarmoqdan uzib qo‘yish haqida ikki nusxada dalolatnoma rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi iste’molchiga beriladi.

Iste’molchilar quyidagi hollarda elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulanadi:

  • elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar bartaraf etilganda;
  • iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qarzlar to‘langanda;
  • qayta ulash uchun belgilangan miqdordagi summa to‘langanda.

Elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qo‘yilgan shaxslarni qayta ulashda iste’molchi — jismoniy shaxslardan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida, iste’molchi — yuridik shaxslardan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida to‘lov undiriladi, ushbu mablag‘lar qayta ulashni amalga oshirgan Byuro bo‘linmasi hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Avariya holatida iste’molchilar elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan bo‘lsa yoki iste’molchi uning arizasiga (talabiga) binoan elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan bo‘lsa, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlariga qayta ulash uchun to‘lov undirilmaydi.

Яндекс.Метрика