У нас есть только
оригинальные песни

Istiqloling muborak - Ona Yurtim

calendar 30.08.2011
10786
Vatan, 20 yoshing bo'lsin qutlug',
Otamsan, onamsan, hammadan ulug'.
Istiqloling bo'lsin muborak xalqim,
Kelajaging esa bo'lsin ilohim yorug'.

Assalom O'zbekiston, onajon yurtim,
Senla to'kis doim bu yarim baxtim.
Ey tangrim etma ayro shu chamanimdan,
O'zga yurtda tatimas hatto baland bo'lsada taxtim.

Vatan deya she'r bitdim sig'mading satrlarga,
Barchasin yozmoqqa qodir qalam qoldiku ojiz.
Ona yurtim bu aslo emasdur bejiz,
Hayotim rangsiz-u, o'zim esa g'aribman sensiz.

Bag'ringdagi buloqdan suv ichdim qonib,
"Vatan" deya kuyladim, yurakdan yonib,
Sotqin farzanding tosh otganda, so'zidan tonib,
Himoya qilgayman, qo'limga qalqonim olib.

Yugurdim qirlaring, tog'laring uzra,
Tuprog'ing olib, surtdim ko'zimga.
"O'zbekiston" so'zin muxr qilib ko'ksimga,
Shukrona aytarman, shu yurtda tug'ilganimga.

Vatan so'zin ulug'lab, g'azal bitdi Alisher,
Bobur Mirzo Andijonsiz qoldiku g'arib,
Sendan olisda g'amlari ketmadi arib,
Faxrimsan Vatanim, yurgayman kaftimda tutib.

Vatan so'zin jaranglatib, yozdim qonimga,
Yo'q - yo'q, qonimga emas, jismu jonimga.
Shukrona aytib yasharman, har bir o'tgan onimga,
Sharafshon bo'lsin Vatanim, ISTIQLOLINGGA.


Mana dunyo yaralibdiki, unda yaxshilik va yomonlik, havas va hasad, muhabbat va nafrat, urush va tinchlik doim yonma yon yashab kelmoqda.Shu o'rinda aytib o'tish joizki, bizning vatanimizga hasad ko'zi bilan qaraganlar juda ko'p bo'ldi. Shu sabab Vatanimiz xalqi urushlar girdobida qoldi va tinchlik, mustaqillik sari intildi. Bunda qanchadan qancha mard insonlar shahid ketdi. Ularni nomlarini faxr ila tilga olmaslikning iloji yo'q. Abdulla Avloniy, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, G'afur G'ulom va boshqalar istiqlol yo'lida bardam bordilar. Ularni nomlari qoralandi, qimmatli asarlari yo'q qilindi. Biroq ular jonlarini ham ayamadi shu aziz tuproq uchun. G'animlar qo'liga tutmadi ona zaminni. Ular haqida dostonlar bitsakda kam mening nazdimda. Faqat ularning sharofati bilan biz bugun ozod xalqmiz. Bundan tashqari muhtaram prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovning ham hissalari beqiyos. Biz yoshlarga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Vayronalarni qaytadan ta'mir etdi. Qanchadan - qancha bunyodkorlik ishlarini olib bordi.
Bizga shunday imkoniyatni yaratib bergan bobolarimizga qancha hurmat ko'rsatsak shuncha oz. Bizning vazifamiz esa shu aziz Vatanni tinchligini asrab avaylash va uni yuksaklarga ko'tarish.
Vatanimizning eng ulug' va eng aziz bayrami barchamizga qutlug' bo'lsin aziz Vatandosh...

Sirli_qiz
Яндекс.Метрика