IT-maslahat. «Windows»da USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash usullari


Notanish fleshka ulanganida «Windows» topilgan USB qurilmasi uchun yangi qurilmani o‘rnatish jarayonini boshlab yuboradi. O‘rnatish ma’lum bir vaqtni talab etadi va undan keyin fleshka tashqi USB xotira qurilmasi sifatida belgilanadi va «Windows»dagi «Проводник»da (Мой компьютер) foydalanish uchun paydo bo‘ladi. Fleshkani kompyuterga qayta ulaganda u tizim tomonidan darhol taniladi va «Мой компьютер» tarkibida paydo bo‘ladi.

Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p «axlat» to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimning qotib ishlashiga olib keladi.

Yechimi bitta! Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (razdel)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi. «IT-specialist» kanali shu usullar haqida batafsil ma’lumot beradi.

Tozalashni Regedit tizim dasturi yordamida amalga oshirish lozim. U quyidagicha ishga tushiriladi.

Sizda reyestr muharriri ishga tushadi. Kerakli bo‘limlarni topamiz va barcha «axlat»lardan tozalaymiz.

Kompyuterga qachondir ulangan va ayni damda qo‘llanilayotgan har qanday xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘limlari:

HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\ControlSet001\Control\DeviceClasses\{53f56307-b6bf-11d0-94f2-00a0c91efb8b}

HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\ControlSet002\Control\DeviceClasses\{53f56307-b6bf-11d0-94f2-00a0c91efb8b}

HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\CurrentControlSet\Control\DeviceClasses\{53f56307-b6bf-11d0-94f2-00a0c91efb8b}

Diqqat! Ushbu bo‘limlarda shuningdek, kompyuterda o‘rnatilgan qattiq disklar haqida ma’lumot ham mavjud. Ushbu ma’lumotni o‘chirmang.

Kompyuterga ulangan payti tashqi USB saqlash qurilmasi sifatida tanilgan – fleshkalar, tashqi qattiq disklar shuningdek fotoapparatlar, telefonlar, flesh pleyerlar va boshqa qurilmalar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘limlari. Bu yerda barcha Disk prefiksli quyi bo‘limlarni o‘chirish mumkin.

HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\CurrentControlSet\Enum\USBSTOR

HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\ControlSet001\Enum\USBSTOR

HKEY_LOCAL_MACHINE\SYSTEM\ControlSet002\Enum\USBSTOR

Reyestrni tozalash uchun dasturlar

Ulangan USB qurilmalar bo‘yicha axborotni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlardan reyestrni tozalashga va’da beruvchi bir qancha dasturlarning ishlashini sinab ko‘rdik. Ba’zilari «Windows 7»da ishlamadi, boshqalari buni rad etdi, ayniqsa 64-bitli versiyalarda. Natijada, tanlovimiz ikkita dasturga tushdi: «USBDeview» va «USB Oblivion».

Barcha imkoniyatlarni ta’riflash o‘tirishdan ma’no yo‘q, faqatgina shuni ta’kidlab o‘tish mumkinki, dastur avvaldan ulangan USB qurilmalar haqidagi ajoyib ma’lumotni ko‘rsatadi, jumladan, birinchi va oxirgi marotaba qo‘llanilgani sanasi, juda ko‘p sonli sozlamalarga ega, rus tilini qo‘llab‑quvvatlaydi va eng muhimi, u muammosiz reyestrdan har qanday ma’lumotlarni o‘chiradi, hattoki 64-bitli «Windows 7»da ham.

Ogohlantirish

Diqqat! Barcha ma’lumotlar faqat umumiy tanishib chiqish va juda tajribali kompyuter foydalanuvchilari uchun mo‘ljallangan. Ushbu maqolada tavsiflangan barcha xatti-harakatlar uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga olasiz. Unutmang, reyestr – bu «Windows» tizimi ma’lumotlar bazasidir. O‘z xatti‑harakatlaringiz oqibatida aniq nima sodir bo‘lishidan xabardor bo‘lmasangiz, unda yaxshisi reyestrga kirmang, undagi hech narsani o‘chirib yoki to‘g‘rilab o‘tirmang.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!