У нас есть только
оригинальные песни

Italiya bojxonasi amerikalik reper Snoop Dog’ning 200 ming dollar pulini musodara qildi

calendar 02.08.2015
1780

Italiyaning Kalambriya viloyatida joylashgan Lametsiya-Terme shahri aeroportida 422 ming dollarni bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tishga uringan amerikalik reper Snoop Dog’ning 200 ming dollardan ortiq puli musodara qilindi, deb xabar bermoqda "TASS”. Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi qonunlariga ko‘ra 10 ming yevrodan ortiq naqd pulni olib o‘tish chog‘ida bu deklaratsiyada ko‘rsatilishi shart. Italiya moliyaviy politsiyasi pul yuvishga qarshi qonunga asoslanib xonanda olib o‘tayotgan pulning yarmini musodara qilgan. Amerikalik reper 31-iyul kuni Kalambriyada konsert bergan va 1-avgust kuni musiqa festivalida qatnashish uchun Buyuk Britaniyaga uchib ketishni rejalashtirgan edi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Shvetsiyada giyohvand moddalar iste’molida ayblangan Snoop Dog ushbu qirollikka boshqa qaytmasligini ma’lum qilgan edi.
Яндекс.Метрика