У нас есть только
оригинальные песни

Italiyada Alitalia kompaniyasi uchuvchilarining 24 soatlik norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda

calendar 22.09.2016
786

Italiyaning Alitalia aviakompaniyasi uchuvchi va bort kuzatuvchilari 24 soatli ish tashlash namoyishini o'tkazishmoqda. Bu haqida Corriere della Sera nashri ma`lum qildi. 

Manbaga ko'ra, 22 sentyabr', payshanba kuni Rimning F'yumichino aeroportida 150 reys bekor qilingan. Bunga 3 professional uyushma – Anpac, Anpav va Usb tomonidan tashkillashtirilgan norozilik aktsiyasi sabab bo'lgan. 

Anpac kasaba uyushmasi saytida aytilishicha, “uchuvchi hodimlarning ishi bilan bog'liq masalalar”ni hal qilishda kompaniya rahbariyati bilan bir to'htamga kela olinmaganidan so'ng norozilik namoyishi tashkillashtirilgan. 

Iyun' oyida Frantsiyaning Air France  avikompaniyasi uchuvchilari ish haqini oshirishni talab qilib norozilik namoyishi uyushtirishgandi. 

Яндекс.Метрика