У нас есть только
оригинальные песни

Italiyada bir necha yil davomida kokainli choy bemalol sotilgani aniqlandi

calendar 25.12.2015
901

                                            

Italiya do'konlarida bir necha yil davomida kokainli choy bemalol sotilgani aniqlandi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.

Bu haqda avtobus haydovchisi tufayli ma'lum bo'ldi. Haydovchi yo'nalishga chiqishdan avval o'tadigan oddiy tibbiy sinovlar uning organizmida giyohvand moddalar borligini ko'rsatdi. Erkakning o'zi umuman giyohvand moddalar qabul qilmaganini, biroq bundan avval o'tli choy ichganini aytgan. Shifokor tajriba tariqasida shu choydan ichib ko'rgan va kokain borligiga sinov unda ham ijobiy natija bergan.

Kokainli choy sotilgan do'kon haqida zudlik bilan tegishli idoralarga ma'lum qilingan. Politsiyachilar tekshiruv davomida sotuvchida bu biznes bilan shug'ullanish uchun barcha hujjatlar borligini, choy esa qonuniy yo'l bilan perulikdan sotib olinganini aniqlashgan. Barcha choy partiyasi musodara qilindi. Nashrning ta'kidlashicha, Peruda kokain negizida tayyorlanuvchi bunday choy ming yillar davomida iste'mol qilinib kelinadi.

Avvalroq Xitoyda restoran egasi mijozlarni jalb qilish uchun lag'monga afyun (opium) qo'shishi ma'lum qilingandi.

Яндекс.Метрика