У нас есть только
оригинальные песни

Italiyada qorni ochlarga emish o'g'irlashga ruxsat berildi

calendar 04.05.2016
1093

Italiya oliy kassatsion sudi qaroriga binoan, endi bu mamlakatda och qorinni to'ydirish maqsadida mahsulot o'g'irlash jinoyat hisoblanmaydi. 

Daily Mail xabariga ko'ra, ushbu mazmundagi qaror 2011 yili 6 oy qamoq va 100 evro miqdorida jarima bilan jazolangan ukrainalik Roman Ostryakovning ishini ko'rib chiqish yakuni bo'yicha qabul qilindi. Ostryakov Genui supermarketidan umumiy qiymati 4 evrodan sal oshiqroq bo'lgan ikki bo'lak pishloq va sosiska o'g'irlagani uchun qo'lga olingan edi. 

Ukrainalik “ochlikni qondirish tabiiy ehtiyojini qondirish” vajidan o'-irlikka qo'l urgan, shuning uchun, sud qaroriga ko'ra, uning harakatlari jinoyat hisoblanmaydi, degan qarorga kelishdi.

Shu o'rinda yurtimizning ayrim supermarket va do'konlarida non mahsulotlari bo'limida bepul non tarqatiladigan maxsus joy borligini eslatib o'tamiz. U erda “agar non olishga puling bo'lmasa, uni tekinga ol” yozuvini uchratish mumkin.

Яндекс.Метрика