У нас есть только
оригинальные песни

Italiyada yuzlab odamlar osma yo'lda qolib ketishdi

calendar 25.12.2016
1668

Italiyaning Valle-d'Aosta viloyatida 130 ga yaqin odam 2 ming metrdan balandroqda osma yo'l (funikulyor) kabinalarida qamalib qolishdi, deb xabar bermoqda La Stampa nashri. 

Cherviniya kurortidagi osma yo'l kuchli shamol sababli to'xtab qolgan. Osma yo'lning har bir kabinasida 12 tadan joy bo'lib, u 2550 metr va 2800 metr balandliklardagi chang'i uchish hududlarini bog'lagan.

Osma yo'lni boshqargan Cervino Spa kompaniyasi osma yo'lda qolib ketgan odamlar evakuatsiya qilina boshlanganini va hech bir kishi xavf ostida emasligini aytgan. 

Яндекс.Метрика