loading...

 

Italiyalik baliqchi 265 funt og'irlikdagi ulkan baliq tutib oldi

Italiyalik baliqchi Yuri Grisendi Po ko'lida ulkan laqqa (som) baliq tutib oldi, deya xabar beradi The Daily Mail.

Manbaning yozishicha, ovchi ulkan baliqni Mantuya shahridan (Lombardiya viloyati ) uzoq bo'lmagan hududda tutgan. Uning og'irligi 265 ingliz funtiga teng. Bu taxminan 120 kilogramm degani.

38 yoshli erkakning aytishicha, u shu kunga qadar umrida bu qadar katta baliqqa duch kelmagan.

«Men 20 yildan ortiqroq vaqtdan buyon baliqchilik bilan shug'ullanib kelaman, ammo shu kungacha bunaqa laqqani ko'rmagandim. Shubhasiz, bu men shu kungacha tutgan eng katta baliq», — deya ta'kidlagan ovchi.

Laqqani suvdan olib chiqish uchun Grisendi bir soatdan ko'proq vaqt sarflagan, deya aniqlik kiritadi The Mirror nashri.

«Albatta u etarli darajada og'ir edi. Uni suvdan chiqarib olish uchun ko'p kuch va chidam kerak edi. Lekin u shunga arzirdi ham», — deya qo'shimcha qiladi italiyalik baliqchi.

2014 yilda AQShning Luiziana shtatidagi Missisipi ko'lidan 12 yoshli bolakay 51 kilogramm og'irlikdagi laqqani tutib olgandi. Louson Boytning ota-onasi bergan ma'lumotga ko'ra, o'shanda ularning farzandi 2005 yilda ovchi Kit Dey tomonidan tutilgan 49,9 kilogrammlik laqqaning rekordini yangilagandi.

2013 yilning iyulida esa Belarus prezidenti Pripyat ko'lidan (Gomel viloyati) uchta laqqa tutib olgani va ulardan biri 57 kilogramm kelishini aytgandi.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlab o'ti joiz, laqqaning (som) uzunligi besh metrgacha etishi mumkin. Bunday turdagi baliqlarning vazni taxminan 400 kilogrammgacha bo'lishi mumkin.


Комментарии (2) | Добавить: 15.12.2015

2. Shaxobiddin (17.12.2015 15:09)
Malades
1. Xursandbek1999 (15.12.2015 17:46)
Eee qoyil
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

AQSh siyosatiga nima bo'ldi?
“Maydon” qonli kechasiga 3 yil to'ldi
Rossiyada yanvar oyida nechta Ravon avtomobillari sotilganini bilasizmi?
Zarina Nizomiddinova sobiq turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganidan buyon u bilan gaplashmasligini ma’lum qildi
O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga oshdi
Yigitlar orasida yangi urf – ichkuyovlik!
Rossiya neft qazib olish hajmi bo'yicha Saudiya Arabistonidan ham o'tib ketdi
Ronalduning turk serialidagi ishtiroki haqidagi ma`lumot yolg'on bo'lib chiqdi
Gitlerning telefoni 100 ming AQSh dollariga baholanmoqda
Bill Geyts dunyoni bioterrorchilik xavfidan ogohlantirdi
Erkaklarning sochi nega to'kilishi ma'lum bo'ldi
100 dollarlik metall Meizu M5s rasman taqdim etildi
XKS ekipaji Xitoy karamining birinchi kosmik hosilini yig‘ib oldi
Shifokorlar uchun shanbaliklar bekor qilindi, biroq...
Qaysi tumanlar aholisi ish haqini to'liq hajmda naqd shaklda olishi shart?
LG G6 smartfoni qayerda va qachon taqdim etilishi rasman ma’lum qilindi
Twitter internet bezorilarini tiyib qo'yadi
Mercedes 3 ming ot kuchiga ega qayiqni taqdim etdi
Shahram G'iyosov shou-biznesda ham o'zini sinab ko'rdi
Geologlar Tinch okeani qa`rida yangi qit`a topishdi
«Turkiston» va «Istiqlol» san`at saroylari Toshkent shahar hokimiyati tasarrufidan chiqarildi
Soch o‘sishini qanday tezlashtirish mumkin?
«O'zbeknavo» o'rnida «O'zbekkonsert» davlat muassasasi tashkil qilindi
Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi