У нас есть только
оригинальные песни

Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!

calendar 20.05.2018
1286

Unda ta`kidlanishicha, ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi. Umumxalq hasharlarimiz avvaldan bizga odatimizga kirgan bo'lsada, so'nggi paytlarda ko'payib ketmoqda. Shu  masala yuzasidan 2018 yil 10 may kuni Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir chora-tadbirlar to'g'risida”gi 349-sonli qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, hokimlar, barcha darajadagi davlat va ho'jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga fuqarolarni, jumladan, ta`lim, sog'likni saqlash muassasalari boshka byudjyet tashkilotlari hodimlarini, ta`lim muassasa o'qituvchilari va talabalarni majburiy mehnatga obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq ho'jaligi ishlari, metall chiqindilar va makalatura yig'ish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va chek qo'yishga, bunday holat ro'y berganda esa huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berish vazifalari yuklatildi.

Shu bilan birgalikda, yuqoridagi shaxslarni majburiy mehnatga jalb etgan  mansabdor shaxslarga nisbatan kat`iy  intizomiy jazolar qo'llanilishi haqida ogohlantirildi.

Hasharlar qachon va qay tartibda o'tkaziladi?

Qarorga muvofiq, umumxalq hasharini o'tkazish yuzasidan faqatgina O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bo'lgan taqdirda, hasharda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va havfsizlik normalariga kat`iy rioya etgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etilishi va o'tkazilishi mumkin. Biroq avtomobil yo'llari , harakatlanishi tig'iz bo'lgan ko'chalar, suv ob`yektlari, qirg'oqbo'yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshoot tomlari, maxsus ishlab chiqarish ob`yektlari, shuningdek, insonning hayoti yoki sog'ligiga xavf tug'ilishi yuzaga keluvchi boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni o'tkazish qat`iy taqiqlanadi.

Xurmatli fuqarolar, ushbu holat yuz berganda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining  Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha davlat-huquq mehnat inspektorlariga va Adliya vazirligining 1008 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz  so'raladi.

 

Яндекс.Метрика