Jahon chempionati bosh sovrini Toshkentda!

FIFA rasmiy homiysi sanalgan Coca Cola kompaniyasi tashabbusi bilan Jahon chempionati bosh sovrini jahon kubogi 6 fevral kuni Toshkentga olib kelindi.

Kubokni FIFAning elchisi, 1998 yilgi jahon chempioni bo'lgan fransiyalik Kristian Karambyo boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga olib keldi.

Kunning birinchi qismida delegatsiya a`zolari va O'zbekiston vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkillashtirildi. Anjumanda Sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, Coca Cola vakili Aleksandra Akkirman, MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, FIFA elchisi Kristian Karambyo, va Coca Colaning O'rta Osiyo hududlari bo'yicha rahbari Yevgeniya Stoichkova ishtirok etdi.

Matbuot anjumani boshida O'FA 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov so'z oldi: «Bugun O'zbekistonda tarixiy voqea kuzatilmoqda. Jahon kubogi ilk marta O'zbekistonga olib kelindi. Umid qilamizki O'zbekiston terma jamoasi 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi. Qachonlardir terma jamoamiz ushbu kubokni yutib uni O'zbekistonda olib qoladi deb umid qilamiz».

Shundan so'ng Jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov so'zl oldi: «Jahon kubogini qabul qilish va Jahon chempionini kutib olish O'zbekiston uchun juda katta sharaf. Bu tadbirga qiziqish katta ekanligini ko'plab OAV vakillari bu yerda ishtirok etayotganidan ham bilib olishimiz mumkin. Barchangizni mana shunday bayramda ishtirok etayotganingiz bilan tabriklayman va mehmonlarimizga Toshkentga xush kelibsiz deyman».

O'zbekiston vakillaridan so'ng FIFA elchisi, jahon va Yevropa chempioni Kristian Karambyo so'z oldi va o'z tilaklarini ham bildirdi: «Jahon chempionati kubogini O'zbekistonga olib kelganimizdan xursandman. Bu voqea futbol muxlislari uchun haqiqiy bayram hisoblanishi aniq. Bizni bu yerda kutib olgan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Shu o'rinda O'zbekiston U-23 terma jamoasini Osiyo chempionatida qozongan g'alabasi bilan tabriklashni istardim. Aynan shu yutuq O'zbekistonning kelajakdagi natijalariga katta umid bag'ishlashi tayin. Umid qilamanki, O'zbekiston terma jamoasi keyingi Jahon chempionatlarida ishtirok etadi. Bu yo'lda ularga omad tilayman».

Coca-Cola kompaniyasining O'rta Osiyo hududi bo'yicha rahbari sanalgan Yevgeniya Stoichkova o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: «Ushbu kubok dunyo bo'ylab sayr qilishda davom etmoqda. U Rossiyada boshlangan va dunyoning ko'plab davlatlarida bo'ladi, tur esa aynan Rossiyada tugaydi. Ushbu kubok 6 kg sof oltindan tayyorlangan. Ushbu kubokni faqat davlat rahbarlari yoki Jahon chempioni bo'lgan futbolchilar ushlay olishadi. Coca Cola kompaniyasi esa oddiy odamlar va muxlislar ham ushbu kubok bilan rasmga tushishi uchun yordam berish istagida mazkur loyihani amalga oshirishga qaror qilgan. Bugun Toshkentda minglab muxlislar ushbu kubokni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bu yil Coca Cola O'zbekistonda faoliyat boshlaganiga 25 yil to'ladi. Shu ma`noda JCh Kubogi tashrifini sovg'a qilish imkoniyati ham aslida ramziy ma`noga ega. O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman, bir kun kelib sizning ham terma jamoangiz Jahon chempionatlarida ishtirok etishiga tilakdoshman». 

Shundan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etayotgan ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

- Coca-Cola juda katta kompaniya hisoblanadi. Shu jihatdan ularda tur uyushtirish uchun boshqa istalgan davlatni tanlash imkoniyati mavjud edi. Ammo aynan O'zbekistonga olib kelindi. Nima uchun aynan O'zbekiston tanlandi? 
Aleksandra Akkirman: - Birinchi navbatda kubokni ilgari hech qachon olib borilmagan mamlakatlarga olib borishni istadik. Aynan shu sabab ham O'zbekiston tanlandi. 

- O'zbekiston U-23 terma jamoasini Osiyo chempionatidagi g'alaba bilan tabrikladingiz. Sizningcha bu g'alaba O'zbekistonga nima keltiradi?
Kristian Karambyo: - Chempionlik albatta O'zbekiston terma jamoasiga katta foyda keltiradi. Hozirgi yoshlar terma jamoasi kelajakda milliy terma jamoa o'zagini tashkil qiladi. Shunday ekan O'zbekiston futboli ishonchli qo'llarda ekanini aytishim mumkin.

Shundan so'ng matbuot anjumani yakunlandi va kubokni namoyish etish tadbiri bo'lib o'tdi. Kubokni Kristian Karambyo va Sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbonovlar tantanali ravishda namoyish etib berishdi.Tadbirlar «O'zbekiston» sport majmuasida davom ettirildi. U yerda kubok bilan barcha muxlislar suratga tushish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Tadbir davomida Kristian Karambyo va ko'ngilli qatnashchilar ishtirokida master-klass tadbirlari uyushtirildi. Yosh futbolchilar darvozalarga maxsus belgilangan joylarga aniq zarba berish bo'yicha bellashishdi. Aniq zarba sohiblariga Coca Sola kompaniyasining maxsus sovg'alari topshirildi.

Shu tariqa qariyb 4 soat davom etgan ikki qismdan iborat tadbir o'z nihoyasiga yetdi.


Комментарии (1) | Добавить: 06.02.2018
1. Bek_of_Beks (06.02.2018 22:05)
Futbol muxlislarini yarasini yangilabdida.
Xudo xohlasa UZB MTJ QATAR-2022 ga boradi.
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
Amazon narxi ilk marta trillion dollardan oshdi
“Afrosiyob” elektropoyezdi 7-sentabrdan Shahrisabzga qatnovlarni boshlaydi
Butun dunyodagi ko'chmas mulkning umumiy qiymati ma`lum qilindi
Misr prezidenti O'zbekistonga keldi
Poroshenko Londondan Kiyevga oddiy yo'lovchi samolyotda uchib keldi
Censatsiya: «Mangu» – milliy «bitkoin»
Shrink Me – surat sifatini saqlagancha hajmini kichraytirib beruvchi bepul servis!
“Terpila”, sen erkakmassan! – Toshkentda go'dakning hayotini saqlab qolmoqchi bo'lgan erkak shunday rahmat eshitdi
Bolani vaqtida uxlatish uchun charchatish kerak…
Kadastr hujjati yuqolgan bo'lsa nima qilish kerak?