У нас есть только
оригинальные песни

Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi

calendar 12.10.2017
2027

Jahon chempionatlari tarixida ilk marta ayol hakam uchrashuvni boshqarib boradi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Hindistonda bo'lib o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi (U17) JChda shveysariyalik Ester Shtoybli Yaponiya va Yangi Kaledoniya terma jamoalari uchrashuvini boshqarib boradi. Uchrashuv 14 oktabr kuni Kalkutta shahrida bo'lib o'tadi.

38 yoshli Shtoybli JCh-U17 musobaqasi jalb qilingan yetti hakamdan biri sanaladi. U shu kungacha Kanadada bo'lib o'tgan ayollar o'rtasidagi JCh-2015 musobaqalarida bosh hakam sifatida ishlagan. Shuningdek u ayollar o'rtasidagi YeChL uchrashuvlari va Rio-2016 musobaqalarining ayollar o'rtasidagi turnirida ishlagan.

Яндекс.Метрика