У нас есть только
оригинальные песни

Jahon chempionatidagi eng kuchli va kuchsiz guruhlar aniqlandi

calendar 08.06.2018
1676

FIFA reytingiga asosan, jahon chempionatining eng kuchli va kuchsiz guruhlari hisoblab ko'rildi.

Natijada, Rossiya terma jamoasi ishtirok etadigan «A» guruhi hammadan kuchsiz ekani ma`lum bo'ldi. Uning ishtirokchilari Urugvay (FIFA reytingida 14-o'rin), Misr (45), Saudiya Arabistoni (67) va Rossiya (70) bo'lib, o'rtacha reytingi 49ga teng. Bu esa barcha 8ta guruh ichida eng past ko'rsatkichdir

Eng yuqori ko'rsatkichga «Ye» guruhi ega bo'lib turibdi - 16,25. Uning ishtirokchilari - Braziliya (2), Shveytsariya (6), Kosta-Rika (23) va Serbiya (34). 

Undan keyingi o'rinni «C» guruhi (16,5) egallab turibdi. Uning ishtirokchilari Fransiya (7), Peru (11), Daniya (12) va Avstraliya (36). 

«G» (22,75) guruhi uchinchi o'rinda bormoqda. Uning ishtirokchilari Belgiya (3), Angliya (12), Tunis (21) va Panama (55).

Яндекс.Метрика