У нас есть только
оригинальные песни

Jahon matbuoti “Lester” ertagi haqida nima deb yozmoqda?

calendar 03.05.2016
1136

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasida “Lester”ning g‘olib chiqishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hol bo‘ldi. “Tottenhem” London derbisida ochko yo‘qotganidan keyin bosilgan jahonning mashhur nashrlari birinchi sahifaga, tabiiyki, “Lester”ni joylashtirdi. “Sports.ru” nashri mana shu mavzuga e’tiborini qaratdi.

Angliya

The Daily Telegraph

Chempionlar! “Lester”ning 5000/1 koeffitsentlik orzusi xayratlanarli tarzda ro‘yobga chiqdi

Daily Express

Eden mukofotni “tulkilar”ga topshirdi
Azarning so‘nggi daqiqadagi goli “Lester” ertagini haqiqatga aylantirdi

Guardian

“Lester” mo‘jizalar mamlakatida

The Times

Azar tojni “Lester”ga kiydirdi

Metro

Chempionlar! “Lester” Premyer-liga sovrinini yutib, Angliya toj-u taxtiga ega chiqdi

Daily Mirror

Tarix yaratuvchilar

“Lester”: Chempion bo‘lish ehtimoli 5000/1
Aqlbovar qilmas “tulkilar” futbol tarixiga buyuk asar yozishdi

Mirror Sport

Aqlbovar qilmaydi!
“Chelsi” “Tottenhem”ning umidini so‘ndirishi bilan “Lester” tarixdagi eng g‘aroyib chempionga aylandi

The Sun

“Ko‘klar” buni uddalashdi

Sun Sport

Paxmoq ertak (“Lester”ning laqabi (“tulkilar”) bilan bog‘liq so‘z o‘yini)

Italiya

La Gazzetta dello Sport

Qirol Klaudio

Corriere dello Sport

Qirol Klaudio

Ispaniya

MARCA

Olester! (hazil tariqasida)

Mundo Deportivo

“Lester” ajoyiboti

Fransiya

L’Equipe

Яндекс.Метрика