У нас есть только
оригинальные песни

Jahon neft zaxiralari miqdori ma`lum qilindi

calendar 21.01.2018
924

Jahon neft zaxiralari hozirga kelib 118 million barreldan oshdi, bu esa o'rtacha besh yillik ko'rsatkichlardan balanddir. BAA Energetika vaziri Suhayl Al-Mazruiy shu haqida ma`lum qildi.

"Bizda o'rtacha besh yillik ko'rsatkichdan baland hisoblangan 118 million barreldan ortiq zaxira bor. Ishlashda davom etishimiz kerak", - dedi u OPEC+ monitoring qo'mitasi yig'ilishida so'zlar ekan. 

Jahondagi neft va neft mahsulotlari tijoriy zaxirasini so'nggi 5 yildagi o'rtacha ko'rsatkichlargacha kamaytirish OPEC+'ning neft qazib olishni qisqartirishga doir kelishuvining asosiy maqsadi hisoblanadi. 

Al-Mazruiy shuningdek BAA kelishuv shartlarini to'liq bajarayotganini ta`kidladi. 

OPEC va uning tarkibiga kirmaydigan qator mamlakatlar (OPEC+) 2016 yilning oxirida Venada neft qazib olishni 2016 yil oktabr darajasidan sutkasiga 1,8 million barrelga qisqartirishga kelishib olishgandi. 2017 yilning noyabrida kelishuv ishtirokchilari uni 2018 yilgacha uzaytirishdi. OPEC'ning keyingi sammiti 2018 yilning 22 iyunida Venada bo'lib o'tadi. 

Kelishuvga rioya qilishni nazorat qilish va uni tuzatishga doir tegishli tavsiyalar ishlab chiqarish uchun ikki oyda bir yig'iluvchi vazirlar monitoring qo'mitasi tuzildi. Unga Saudiya Arabistoni, Venesuela, Kuvayt, Jazoir, Ummon va Rossiya vakillari kiradi. Bugun, yakshanba kuni Ummonda monitoring qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Яндекс.Метрика