У нас есть только
оригинальные песни

Jahon tillari universitetida professional tarjimonlar tayyorlash auditoriyasi ochildi

calendar 19.09.2015
1488

18-sentabr kuni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreya agentligi (KOICA) O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda  professional tarjimonlar tayyorlash bo‘yicha auditoriyani ochish marosimini o‘tkazdi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Li Uk Xen, KOICA’ning O‘zbekistondagi ofisi direktori Im Jong Xi, O‘zDJTU rektori Shuhrat Qayumov va boshqalar ishtirok etdi.

Auditoriya KOICA’ning "JIDU va O‘zDJTUda tarjimonlar tayyorlash salohiyatini oshirish va JIDUda kompyuter orqali testdan o‘tkazish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida ochildi.

Яндекс.Метрика