У нас есть только
оригинальные песни

Jahon yetakchilarini bolalik chog'laridagi suratlari orqali taniy olasizmi?

calendar 06.08.2017
3040

Yuqori davlat lavozimlarini egallaydigan insonlarni jiddiy va mamlakat muammolarini hal etishga butunlay “sho'ng'igan” kishilar sifatida ko'rishga o'rganib qolganmiz. Biroq, jahon yetakchilarining har biri qachondir yosh bola bo'lgan va ular ham ko'chada maza qilib o'ynashgan yoki ertaklarni o'qishgan.

Adme.ru bolalik chog'laridan zavqlanayotgan 10 nafar yosh bolaning fotosuratiga razm solishni taklif qildi. Siz ularda bo'lajak davlat rahbarlarini taniy olasizmi? Maqolaning oxirida har kim o'zini tekshirib ko'rishi mumkin – o'sha yerda kerakli javoblarni topasiz.

1.  Bu qizcha yoshligidan o'zini ledilar kabi tutar edi

2.  Amerikaning bo'lajak eng sevimli prezidentlaridan biri

3.  Bu qizcha eng mashhur ayol siyosatchilardan biriga aylanadi

4.  Bu bola esa butun sayyorani hayratga soladi

5.  Bu bola bilan anchadan beri tanishmiz

6.  Ushbu bolakay kelajakda yirik din arboblaridan biriga aylanadi

7.  U siyosat bilan shug'ullanishdan avval ham barcha qizlar uchun o'ziga xos namuna edi

8.  Bu esa AQShning bo'lajak prezidentlaridan biri singlisi bilan

9.  Jiddiy oila – jiddiy foto. Hattoki bolalik paytlarida ham jiddiylik

10.  Bu bolacha esa kelajakda AQShning birinchi qora tanli prezidentiga aylanadi

Endi esa o'zingizni tekshirib ko'ring

1. Yelizaveta II

2. Jon Kennedi

3. Angela Merkel

4. Donald Tramp

5. Vladimir Putin

6. Papa Frantsisk

7. Hillari Klinton

8. Kichik Jorj Bush

9. Shahzoda Charlz

10. Barak Obama

Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика