У нас есть только
оригинальные песни

Jahonda mobil aloqa abonentlari soni 7 milliarddan oshdi

calendar 02.06.2015
1306


Xalqaro elektr aloqa ittifoqining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2015-yilda mobil aloqa foydalanuvchilari soni 7 milliard kishidan oshdi. Bu haqda Mobinfo.uz xabar bermoqda. Foto: Mobinfo.uz Foto: Mobinfo.uz Qayd etish joiz, 2000-yilda mobil aloqa foydalanuvchilari soni bir milliardga ham yetmas edi. O‘z navbatida, internet foydalanuvchilarning umumiy soni 3,2 milliardni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda esa 2014-yil oxirida mobil aloqa abonentlari soni 19 milliondan oshgandi. 2015-yilning birinchi choragi yakuniga bo‘yicha esa O‘zbekistonda mobil aloqa foydalanuvchilari soni 20 milliondan oshib ketdi ("Bilayn-O‘zbekiston” – 10,356 million abonent, Ucell – 8,574 million abonent, UMS – 423 ming abonent, UzMobile CDMA – 500 ming abonent, Perfectum – 500 ming abonent).
Яндекс.Метрика