У нас есть только
оригинальные песни

Jahondagi eng chiroyli erkak gorilla yaponiyalik ayollarning suyuklisiga aylandi

calendar 26.06.2015
3668


Shabani laqabli erkak gorilla Yaponiyaning Xigashiyama hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchi xotin-qizlarning suyuklisiga aylandi, deya xabar bermoqda Metro.

Ayollar tomonidan maqtovlarga ko‘milgan jonivor ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi. Shabanini "jahondagi eng chiroyli gorilla” deb e’lon qilgan yaponiyalik xotin-qizlar maymunga atab virtual fan-klublar tashkil etgan.

Mazkur gorilla Xigashiyama hayvonot bog‘iga 2007-yilda olib kelingan bo‘lsa-da, tashrifchilar uning yorqin tashqi ko‘rinishi va noodatiy xulqiga yaqin vaqtlardan boshlab e’tibor qaratdi.

Ayollar erkak gorilla fotosuratga tushish uchun qulay va yaxshi pozalarni tanlay olishini va o‘ychan qiyofani aks ettirishni yaxshi ko‘rishini sezib qolishdi, deyiladi xabarda.
Яндекс.Метрика